Auditorlik xulosasini auditorlik tashkilotining rahbari yoki auditorlik tashkilotining u vakolat bergan boshqa xodimi imzolaydi va auditorlik firmasi muhri bilan tasdiqlaydi. Хo’jalik yurituvchi sub’ekt faqat auditorlik xulosasining yakuniy qisminigina manfaatdor shaxslarga taqdim qilishi lozim. SHu munosabat bilan auditorlik xulosasining tahliliy qismi va yakuniy qismi alohida imzolanishi va muhrlanishi mumkin. Auditorlik xulosasining uchta turi mavjud:
a) ijobiy auditorlik xulosasi;
b) salbiy auditorlik xulosasi;
v) xulosa tuzishdan voz kechish.
Ijobiy auditorlik xulosasida buxgalterlik balansi va moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarining ishonchliligi auditor tomonidan tasdiqlanadi. Qoidaga ko’ra ijobiy auditorlik xulosasi auditorlik tashkiloti xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisoboti uning moliyaviy holati va sodir etilgan moliya-xo’jalik muomalalarining O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiqligini ishonarli aks ettiradi degan fikrga kelgan vaqtda tuzilishi lozim. Misol tariqasida ijobiy auditorlik xulosasining namunaviy shaklini keltiramiz.
Salbiy auditorlik xulosasi moliyaviy hisobot korxonaning moliyaviy ahvoli to’g’risida ishonarli ma’lumot bermagan va buxgalterlik hisoboti hamda uning moliya-xo’jalik faoliyati hisobi amaldagi me’yoriy qonunchilik talablariga mos kelmagan holda yuritilgan vaqtda tuziladi. Bunday xato-kamchiliklar o’z vaqtida tuzatilmasa moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni chalg’itish mumkin.
Salbiy auditorlik xulosasi tuzishiga quyidagi muayyan vaziyatlar sabab bo’lishi mumkin:
auditor tomonidan aniqlangan buxgalteriya hisobotidagi xato-kamchiliklar jiddiy va salmoqli bo’lgan holatlar; ayrim mijoz-korxonalarda bunday holatlar ularning iqtisodiy nochorligi bilan birgalikda yuzaga, hatto amal qilayotgan korxona prinsipining buzilishiga yetib boradi;
moliyaviy hisobotni tasdiqash uchun zarur bo’lgan dastlabki hujjatlar, buxgalteriya hisobi ma’lumotlari va hisob registrlari hamda boshqa hujjatlarning kata qismi korxona ma’muriyati tomonidan taqdim etilganda; bunda auditorlik tashkiloti vujudga kelgan vaziyatdan kelib chiqqan holda № 70-AFMSga muvofiq auditorlik xulosasi tuzishdan voz kechishi ham mumkin;
ijobiy auditorlik xulosasi tuzishga to’sqinlik qiladigan boshqa ob’ektiv vaziyatlar ham, xususan, vaziyat taqazosi vujudga keladigan sirhani cheklashlar;
mijoz-korxona ma’muriyati moliyaviy hisobot ma’lumotlarini asosan to’g’ri deb, auditorlik xatolar va noaniqliklar to’g’risidagi asosiy xulosalari bilan rozi bo’lmasdan, tegishli hisob yozuvlarini tuzatishni batamom rad etish holatlari va hakozo.
Salbiy auditorlik xulosasi xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan sodir etilgan moliyaviy va xo’jalik muomalalari moliyaviy hisobotda ishonarli aks ettirilgan, ammo qonunchilikka mos kelmaydigan hollarda ham tuziladi.Salbiy auditorlik xulosasini tuzishga, qoidaga ko’ra, xo’jalik yurituvchi sub’ektning auditorlik tashkiloti tomonidan aniqlangan xato-kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida moliyaviy hisobotga o’zgartishlar kiritish to’g’risida bildirilgan fikrga noroziligi sabab bo’ladi.