Soliq akademiyasi


Auditorlik tashkiloti va auditorlarning mustaqilligi



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə28/209
tarix03.04.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#124759
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   209
Soliq akademiyasi

2. Auditorlik tashkiloti va auditorlarning mustaqilligi.
Auditorlik faoliyatida mustaqillik Auditning Хalqaro Standartlari – AХS(ISAs)da belgilangan muhim prinsiplardan bo’lib hisoblanadi. Auditorlik tashkiloti va auditorlarning mijoz-korxonaga nisbatan mustaqilligini belgilovchi asosiy mezonlar “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 16-moddasida keltirilgan. Jumladan quyidagilarga auditorlik tekshiruvi o’tkazish ta’qiqlanadi:

  • tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektning rahbarlari va (yoki) boshqa mansabdor shaxslari bilan yaqin qarindosh bo’lgan shaxsga;

  • tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektda mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy manfaatlari bo’lgan shaxsga;

  • davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining, shuningdek xo’jalik boshqaruv organlarining mansabdor shaxslariga;

  • tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt xodimiga;

  • auditorlik tashkiloti va auditorlarga:

a) o’zlari mulkdori, qatnashchisi, aksiyadori, kreditori, sug’urtalovchisi bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan, shuningdek ushbu auditorlik tashkilotlari va auditorlar ularga nisbatan mulkdor, qatnashchi, aksiyador hisoblanadigan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan;
b) mulkdori, qatnashchisi, aksiyadori ayni bir paytning o’zida ushbu auditorlik tashkilotining mulkdori, qatnashchisi, aksiyadori bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektga nisbatan;
v) mazkur xo’jalik yurituvchi sub’ektga auditorlik tekshiruvi qamrab oladigan davrda professional xizmatlar ko’rsatganlar(3).
Тekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektning rahbarlari va (yoki) mansabdor shaxslari bilan yaqin qarindosh deb ularning ota-onalari, turmush o’rtoqlari, aka-ukalari, opa-singillari, o’g’il-qizlari, hamda turmush o’rtoqlarining ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari tan olinadi.
Agar auditorlik xizmati uchun shartnoma tuzilganida yoki topshiriq berilganidan so’ng yuqorida keltirilgan holatlar yuzaga kelsa yoki ma’lum bo’lsa, shartnoma bekor qilinishi, topshiriq esa chaqirib olinishi lozim.
Auditorlar auditorlik tekshiruvi o’tkazish hamda uning natijalari asosida auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi tu-zishda tekshiriladigan xo’jalik yurituvchi sub’ektga, shuningdek istalgan uchinchi tomonlarga, jumladan tekshiruv o’tkazishni topshirgan davlat organlariga tobe bo’lmasliklari lozim.
Хo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotining ishonchliligini tasdiqlash uchun maxsus ekspertlar va boshqa soha mutaxassislarini jalb qilish talab etilgan hollarda ham auditorlarning tekshiriladigan xo’jalik yurituvchi sub’ektdan mustaqil bo’lish me-zonlariga rioya qilinishi shart.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin