Soliq akademiyasi


Auditor ishlarining sifatini nazorat qilish



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə30/209
tarix03.04.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#124759
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   209
Soliq akademiyasi

4. Auditor ishlarining sifatini nazorat qilish.
Auditor ishlarining sifatini nazorat qilish audit o’tkazish va professional xizmat ko’rsatish chogida audit standartlari va O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini tartibga soladigan boshqa me’yoriy hujjatlar talablariga rioya qilinishini tekshirish uchun qo’llaniladigan tashkiliy tadbirlar, uslublar va amallar tizimidan iborat.
Har bir auditorlik tashkiloti ishlar sifati ustidan nazorat o’rnatish prinsiplari va qoidalari, hamda ularni qo’llash amallarini ishlab chiqishlari va qabul qilishlari lozim. Bu audit jarayonida umumqabul qilingan tekshiruv standartlari bilan qaramaqarshiliklar vujudga kelmasligi uchun zarur.
Auditorlik faoliyatining yuqori sifati uning dastlabki, jo-riy va keyingi nazorati ta’minlashi lozim.
Dastlabki nazorat auditorlar va auditorlik tashkilotlarini attestatsiyadan o’tkazish va litsenziyalash bosqichmda bajariladi.
Joriy nazorat ikki yo’nalishda amalga oshiriladi: alohida auditorlik tekshiruvlarini nazorat qilish va auditning umumiy nazorat qilish.
Alohida auditorlik tekshiruvlarini nazorat qilish auditorlarning mustaqilligi, professionalligi va kompetentligini ta’minlashni; ularning ishlarini joriy nazorat qilishni; mijoz-korxonalar buxgalteriya hisobining eng muammoli masalalarini bilish; bajarilgan ishlarning standartlarga mos kelishini, hujjatlashtirishning yetarliligini, audit maqsadiga erishilganlikni tekshirishni nazarda tutadi.
Auditning sifatini umumiy nazorat qilish auditorning ma’lum shaxsiy xususiyatlariga (halollik, obektivlik, mustaqillik, professionallik, kompetentlilik) auditorlik guruhi a’zolari o’rtasida ishlarning asosli taqsimlanganligiga; sifat standartlariga rioya qilinishi bo’yicha auditorlarning ishlari ustidan nazoratga; sifatni nazorat q-ilish siyosati va amallarining samaradorligi ustidan nazorat o’rnatishiga asoslanadi.
Joriy nazorat quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: asosiy auditorning assistentlar ishlari ustidan nazorati, auditorlik tashkilotining auditorlar ishlari ustidan nazorati, va boshqalar.
Auditorlik tashkilotining auditorlar ishlari ustidan nazorati, birinchidan, tekshiruv o’tkazish dasturining asoslanganligini muhokama qilish, ikkinchidan, auditning tashkiliy-ahloqiy prinsiplariga qat’iy rioya qilish, uchinchidan, asosiy auditor tomonidan xulosa berilganidan so’ng auditorlik tashkilotining bosh-qa auditori tomonidan mijoz-korxona hisobotining ayrim ko’rsatkichlari(hisob bo’limlari)ni tanlab qayta tekshirish yordamida amalga oshiriladi.
Auditorlik tashkiloti ichida ishlar sifatini nazorat qilish-ga talablar va muayyan auditorlik tekshiruvi chogida ishning talab darajasidaligini ta’minlash №5-«Auditor ishining sifatini nazorat qilish»nomli AFMSda aks ettirilgan. Unga muvofiq auditor ishlarining sifatini nazorat qilish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

  • Asosiy auditorning o’z yordamchilari ishlarini nazorat qilishi.

  • Auditorlik tashkilotining auditor ishi ustidan nazorati.

  • Тashqi nazorat.

Asosiy auditorning o’z yordamchilari ishlarini nazorat qilishi. Asosiy auditor audit o’tkazish jarayonida yordamchilar tomonidan bajariladigan ishlarni doimiy ravishda nazorat qilib va yo’naltirib turishi lozim.
Auditor yordamchisi deganda professionallik darajasi bo’yicha asosiy auditordan farq qiladigan xodim tushuniladi.
Asosiy auditorning yordamchisidan farqi, u auditning bajarilishi uchun to’liq javobgardir.
Yordamchilarga ish topshirilayotganida, ular javobgarliklari va bajarishlari lozim bo’lgan ishlarning maqsadlari to’g’risida, xo’jalik yurituvchi subekt faoliyati va auditorlik amallarning mohiyati, o’tkazish vaqti va miqyosiga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan, hisob va auditga oid muammolar haqida tegishli tarzda tushuntirishlar berilishi lozim.
Auditorlik tashkilotining auditor ishi ustidan nazorati. Auditorlik tashkilotining auditor ishi ustidan nazorati quyidagilar vositasida amalga oshiriladi:

  • Mijoz-korxonada audit o’tkazish umumiy rejasi va dasturi-

ning asoslanganligini muhokama qilish va tekshirish;

  • Тashkiliy-axloqiy auditorlik prinsiplariga (xususan, mijoz-korxonaga professional xizmat ko’rsatgan (maslahat bergan yoki uning buxgalterlik hisobini yo’lga qo’ygan) auditor, yana o’sha korxonani tekshirishga yuborilmasligi va sh.o’.) qat’iy rioya qilinishi;

  • Asosiy auditor tomonidan tekshiruv o’tkazilib, auditorlik xulosasi berilganidan so’ng auditorlik tashkilotining boshqa auditori tomonidan mijoz-korxona hisobotining ishonchliligini qaytadan, mijoz uchun bepul, tekshiruvdan o’tkazish.

Тashqi nazorat amaldagi qonunchilik va me’yoriy hujjatlarga muvofiq davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Auditor ishlari sifatini nazorat qilish ikkita asosiy yo’nalishga ega:

  • Ayrim auditorlik tekshiruvlarini nazorat qilish.

  • Sifatni umumiy nazorat qilish.

Ayrim auditorlik tekshiruvlarini nazorat qilish quyidagi tushunchalarni o’z ichiga oladi:
Vakolatlarni berish. Auditorlarning mustaqilligini, professionalligini va kompetentliligini ta’minlash; auditorlar uchun zarur hisoblangan faoliyat erkinliklarini ta’minlash; auditning yozma dasturidan foydalanishi.
Nazorat. Auditorlar ishlarining joriy nazoratini ta’minlash; tegishli tarzda (adekvat) ish tutish uchun xo’jalik yurituvchi subekt buxgalterlik hisobining eng muammoli masalalarini bilish.
Тekshirish. Auditorlar tomonidan bajarilgan barcha ishlarni, ular bajarilishining standartlarga muvofiqligi, hujjatlarning yetarliligi va auditorlik tekshiruvlar maqsadiga erishishni ta’minlash uchun tekshirish.
Audit sifatini umumiy nazorat qilish quyidagi elementlarning mavjudligiga tayanadi:
Mustaqillik.Qoida va amallar barcha pog’onalar xizmatchilarining mustaqilligi saqlanganligi haqida asosli ishonchni ta’minlashlari lozim. Ushbu talabni bajarishi uchun auditorlik tashkiloti yilda bir marta o’z mijozlarining ro’yxatini tarqatishi va o’z xizmatchilaridan mustaqillik to’grisidagi arizani imzolashlarini talab qilishi mumkin.
Хizmatchilarga topshiriqlar. Qoida va amallar ishlarning maxsus tayyorgarlik va tajribaga ega shaxslar tomonidan bajarilishi haqida asosli ishonchni ta’minlashlari lozim. Ushbu talabni bajarish uchun auditorlik tashkiloti ishlarni oldindan, o’z xizmatchilari uchun mos topshiriqlarni aniqlay oladigan qilib rejalashtirishi kerak.
Konsultatsiyalar. Qoida va amallar auditorlik tashkilotlarining xizmatchilari texnik masalalar bo’yicha bilimdon va obro’li kishilardan yordam olishga intilishlari asosli ishonchni ta’minlashlari lozim. Ushbu talabni bajarish uchun auditorlik tashkiloti muayyan shaxslarni audit, buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot, soliqqa tortish va konsultatsiya xizmatlari kabi sohalarda auditorlik tashkilotining eksperti qilib tayinlashi mumkin.
Ishga yollash. Qoida va amallar ishga yollangan xizmatchilarning malakali mutaxassislar ekanligi haqida asosli ishonchni ta’minlashlari lozim. Ushbu nazorat talabini bajarish uchun auditorlik tashkiloti minimal malakaviy talablarni o’rnatishi mumkin (masalan, buxgalteriya yozuvlarini buxgalteriya ixtisosligi bo’yicha bilim darajasi yaxshi, o’rtacha yoki o’rtacha bo’lgan kollej bitiruvchisi yuritishi mumkin).
Professionallik darajasini oshirish. Qoida va amallar auditorlik tashkilotining xizmatchilari o’z xizmat majburiyatlarini bajarishlari uchun yetarli bilimlarga egaligi haqida asosli ishonchni ta’minlashlari lozim. Ushbu talablarni bajarish uchun auditorlik tashkiloti professional ta’limni davom ettirish va o’z malakasini oshirishni xoxlovchi xizmatchilarga yordam ko’rsatish uchun sharoitlar yaratishi mumkin.
Mijozlarning ma’qulligi va ular bilan munosabatlarning davomiyligi. Qoida va amallar auditorlik tashkiloti rahbariyati vijdonini yo’qotgan xo’jalik yurituvchi subekt bilan bog’lanib qolmasligi haqida asosli ishonchni ta’minlashlari lozim. Auditorlik tashkilotining ushbu talabni bajarishi uchun bo’lg’usi mijoz bilan ish olib borgan taftishchi, bank xodimi, yurist va boshqa shaxslardan ma’lumot olinishi kerak.
Nazorat qoidalari va amallarini belgilash. Auditor ishlari sifatini nazorat qilish qoidalari va amallarining tavsifi va miqyoslari quyidagi shart-sharoitlarga bog’liq:

  • Auditorlik tashkilotining hajmiga;

  • Auditorlik tashkiloti xizmatchilari va funksional bo’linmalarining mustaqillik darajasiga;

  • Amaliy faoliyat mohiyatiga, uning: ochiq aksiyadorlik jamiyatlari auditi; yopiq aksiyadorlik jamiyatlari auditi; buxgalteriya hisobi va xo’jalik faoliyati tahlili sohasidagi xizmatlar; foyda solig’ining hajmini aniqlashga doir xizmatlar; o’zaro audit o’tkazish bo’yicha majburiyatlar kabi komponentlarini e’tiborga olgan holda;

  • Auditor ishlarining sifatini nazorat qilish qoidalari va amallarini ishlab chiqish va qo’llash bilan bog’liq bo’lgan, olingan

foydaga nisbatan xarajatlar darajasiga.
Auditor ishlarining sifatini nazorat qilish qoidalari va amallarini o’rnatishda auditorlik tashkiloti tomonidan quyidagilar amalga oshirilishi zarur:

  • Auditor ishlarining sifatini nazorat qilish qoidalari va usullarini amalga oshirish bo’yicha malakali xizmatchilar o’rtasida vazifalarini taqsimlash;

  • Auditor ishlarining sifatini nazorat qilish qoidalari va amallarini xizmatchilar e’tiboriga yetkazish;

  • Qoidalar va amallar, ularni qo’llash uslublariga va xizmatchilarga yetkazish amaliyotiga oldingiday mos kelish-kelmasligini aniqlash uchun auditor ishlari sifatini nazorat qilish tizimining samaradorligini tekshirish.

Auditor ishlarining sifatini nazorat qilish qoidalari va amallari yozma shaklda ifodalangan bo’lishi shart emas. Ular xodimlarni ishga qabul qilishda og’zaki yetkazilishi va auditorlik tashkilotining umumiy majlisida yilda bir marta takrorlanishi mumkin.
Ayni paytda auditorlik tashkiloti o’z qoidalari va amallari-ni hujjatlar bilan mustahkamlashi tavsiya qilinadi. Hujjatlashtirish turlari va hajmi, eng avvalo auditorlik tashkilotining hajmi va uning faoliyati xususiyatiga bog’liq.

BILIMLARNI CHUQURLASHТIRISH UCHUN SAVOLLAR:





  1. Auditorlik kasbiga qanday malakaviy talablar qo’yilgan?

  2. Auditorlik faoliyatini litsenziyalash tartibi qanday amalga oshiriladi?

  3. Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berishni rad etish qaysi holatlarda ro’y berishi mumkin?

  4. Litsenziyaning amal qilish muddatini to’xtatish, bekor qilish, to’xtatib turish yoki amal qilishini tiklash qay holatlarda amalga oshiriladi?

  5. Auditning axloq kodeksi to’g’risida nimalar bilasiz?

  6. Auditorning qanday axloq (etikasi)lari mavjud?

  7. Vijdonlilik va ob’ektivlik deganda nimalar tushunasiz?

  8. Auditor kasbining professional kompetentliligi deganda nimalarni tushunasiz?

  9. Qanday ma’lumotlar maxfiy saqlanadi?

  10. Omma uchun axborotni taqdim etish taqdim etish tartibi qanday?

  11. Auditorlik tashkiloti va auditorlarning mustaqilligi nimalarda namoyon bo’ladi?

  12. Auditor ishlarining sifati qanday nazorat qilinadi?

  13. Dastlabki, joriy va keyingi nazorat deganda nimalar tushunasiz?


Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin