Soliq akademiyasi


Auditorlik risklar maqbul to’plamining elementlari va ularni baholash



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə41/209
tarix03.04.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#124759
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   209
Soliq akademiyasi

5. Auditorlik risklar maqbul to’plamining elementlari va ularni baholash.
Yuqorida bayon etilganidek, auditorlik risklarining maqbul to’plami bir qancha risklardan iborat.
Umumiy auditorlik amaliyotida auditorlik risklarining maqbul to’plamiga quyidagicha yondashuv ishlab chiqilgan va ular ingliz tilidagi abbreviaturasi (bosh harflari) bo’yicha quyidagi formula ko’rinishida ifodalangan:


DAR q IR x CR x DR
DAR (Desired audit risk) – ARMТ (auditorlik risklarning maqbul to’plami);
IR (Internal risk) – IХR (ichki xo’jalik riski);
SR (Control risk) – NR (nazorat riski);
DR (Detection rick) – AR (aniqlanmaslik ya’ni xatolar va moliyaviy hisobotdagi kamchiliklarning aniqlanmaslik riski).
Demak, auditorlik risklarining maqbul to’plami (ARMТ) ni va uni tashkil etuvchi tarkibiy qismlar (IХR; NR; AR)ni batafsil bayon qilish va mohiyatini o’rganish uchun quyidagi formula ko’rinishida ifodalaymiz hamda uning tarkibiy qismlarini alohida ko’rib chiqamiz:
ARMТ q IХR x NR x AR
Ichki xo’jalik riski –IХR (IR-Internal risk) – bu mazkur buxgalteriya schyotida, balans moddasida, bir turdagi xo’jalik muomalalari guruhida yaxlitlanganda, xo’jalik yurituvchi sub’ekt hisobotida jiddiy kamchiliklarning, bunday kamchiliklar ichki nazorat tizimi vositalari yordamida aniqlangunga qadar yoki ichki xo’jalik nazorati umuman yo’q bo’lganda, auditor tomonidan sub’ektiv tarzda aniqlanish ehtimoli tushuniladi. Ichki xo’jalik riskini baholashda auditor bir necha guruh omillarni e’tiborga olishi lozim.
Birinchi guruhga kiruvchi omillar ishlab chiqarishni yuritish shart-sharoitlari va uslublari bilan bog’liq bo’lib, ularga quyidagilar kiradi:
Qattiq raqobat; ishlab chiqarish texnologiyasining tez o’zgarib turishi; yangi axborotkommunakatsiya texnologiyalarining joriy etilishi; tarmoqning umumiy ahvoli va bankrotliklar soni; qonunchilikning tez-tez o’zgarib turishi; qonunda belgilangan cheklashlar yoki atrof muhitni muhofaza qilish bilan yoxud boshqa shart-sharoitlar bilan bog’liq cheklashlar.
Ichki xo’jalik riskiga ta’sir ko’rsatuvchi ikkinchi guruh omillar ishlab chiqarish faoliyatining joylashgan o’rni bilan bog’liq.
Uchinchi guruh omillar shtat va biznesni tashkil etish bilan belgilanadi. Bu yerda quyidagilar muhim ahamiyat kasb etishi mumkin: korxona rahbarining ustunligi (dominantligi) va direktorlar kengashining samarasiz faoliyati; korxona rahbarining moliyaviy muammolari; aksiyadorlar va rahbariyat o’rtasidagi munosabatlarda vujudga keladigan tortishuv va muammolar natijasida rahbariyat mulkdorlar manfaatini himoya qilgani holda o’z maqsadlarini ko’zlaydilar. Bular zamirida qalloblik va suiiste’mol qilishlar yashirinishi mumkin.
Ichki xo’jalik risklariga ta’sir ko’rsatuvchi omillarga quyidagilar ham kiritilishi mumkin:

  • rahbariyat va xodimlar malakaviy darajalarining pastligi;

  • kelajakka o’ta ishonch bilan qarash(loqaydlik);

  • rahbarlikning haddan tashqari maydalashtirib yuborilishi oqibatida buxgalteriya ustidan yagona nazorat yo’qolib, u yerda har bir kishi mas’uliyatni bir-biriga yuklaydilar.

Хodimlar yetishmasligi; auditor yoki yuristlarning tez-tez o’zgarib turishi; hisob yuritish va ishlab chiqarish xususiyatlari bilan yaxshi tanish bo’lmagan, yangi ishchilarni yollash; qalloblik va suyiste’mol qilish; xo’jalik muomalalariga doir jiddiy kelishmovchiliklar; yuristlar, maslahatchilar, agentlar va boshqa mutaxassisliklarning bir martalik xizmatlari uchun haddan tashqari yuqori haq to’lanishi kabilarni ham ushbu guruhga kiritish mumkin.
Kutilmagan va izohlab bo’lmaydigan muomalalar, hujjatlarning to’liqsizligi, ularni rasmiylashtirish va tuzatishga rahbariyatning noroziligi, hamda tekshiruvni tez yakunlash maqsadida mijozning auditorga tazyiq o’tkazishi, noqulay sharoitlarda ishlash, kutulmaganda tekshiruv muddatini kechiktirish, auditor so’rovlariga rahbariyatning noto’g’ri javob berishi kabi sabablar bo’yicha auditorlik dalil-isbotlarini olish bilan bog’liq murakkabliklarni ham ta’kidlash zarur.
Mahsulotlarni sotishga doir kutilmagan vaziyatlar kabi omillarga; kutilmagan muomalalar sodir bo’lishi (yangi agentlar, yangi oldisotdi sharoitlari); mahsulotlarni demping (ingl. «Dumping»tashlash, ya’ni tashqi bozor uchun kurash, raqobatchilarni sindirish maqsadida tovarlarni tannarxidan past bahoda sotish) baholari bo’yicha xorijda sotishga jiddiy e’tiborni qaratish zarur. SHtat va biznesni tashkil etish bilan bog’liq risk omillariga quyidagilarni ham kiritish mumkin: tashkilot faoliyatida sho’’ba korxonalari bilan bo’ladigan muomalalar katta ulushni tashkil etishi; rahbariyat daromadining korxona faoliyati moliyaviy ko’rsatkichlariga bog’liqligi; rahbariyatning ishchan doiralardagi obro’sizligi; soxta, faoliyat ko’rsatmaydigan filiallar mavjudligi va sh. o’.
Тo’rtinchi guruh omillar daromadlar va operativ faoliyatning rejalari bilan bog’liq. Ushbu guruh omillar qo’yida-gilardan iborat:
sotiladigan mahsulotlar miqdori va sifatining pasayishi;
ishlab-chiqarish jarayonidagi katta o’zgarishlar;
bir yoki bir necha mahsulotlarni ishlab chiqarish, operatsiyalar, debitor va kreditorlarga haddan tashqari bog’lig’lik;
marketing siyosatining samarasizligi, ishlab chiqarish quv-vatlaridan yetarli darajada foydalanmaslik, ishlab chiqarishni rivojlantirish oldiga noreal maqsadlar qo’yilishi;
eskirgan qurilmalarning sust almashtirilishi va amortizatsiya ajratmalarini hisoblash sur’atlarining pasayishi. Ushbu guruhga, izohlab bo’lmaydigan vaziyatlar masalan schyotlar bo’yicha kutilmagan qoldiqlar, inventarizatsiya natijalari bo’yicha kutilmagan tafovutlar, kutilmagan aylanuvchanlik koeffitsenti, bundan tash-qari esa yirik yoki kutilmagan muomalalar, asosan yil oxiriga jiddiy natijalar bilan chiqqan muomalalarni ham kiritish zarur.
Mulklar bilan bog’liq, beshinchi guruh omillar mulklar qiymatining sezilarli darajada pasayishi va ularning yomon saqlanishi kabilarni o’z ichiga oladi.
Oltinchi guruh omillar likvidlik va moliyalashtirish bilan bog’liq holda vujudga keladi; aylanma mablag’larning yetishmasligi, qarz mablag’larni jalb qilish bilan bog’liq muomalalar.
Yettinchi guruhga taalluqli omillar favqulodda zararlar bilan bog’liq bo’lib, ular xarid va sotish shartnomalari, uchinchi shaxslarga berilgan kafolatlar, ijara shartnomalari, xorijlik hamkorlar bilan muomalalar, qandaydir istisno tarzidagi vaziyatlar munosabati bilan vujudga keladi.
Тadbirkorlik riski ham ichki xo’jalik riskining tarkibiy qismi hisoblanadi. U auditorlik tekshiruvi natijalaridan manfaatdor bo’lgan mijozlar va boshqa tomonlarning da’vo qo’zg’atish; ham korxona ichida, ham butun tarmoqda vujudga kelgan murakkab vaziyatdan kelib chiqib auditorlik faoliyatidan ko’rilgan zararlar ehtimoli bilan bog’liq. Тadbirkorlik riskini baholash mezonlari jadvalda keltirilgan.
Yuqorida bayon qilinganlardan tashqari siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va texnologik omillarni; ijobiy jihatlar, kamchiliklar, imkoniyatlar va noxush xolatlarni, hamda «bozorga ta’sir ko’rsatuvchi beshta kuch»ni (odatda raqobat, yangi raqobatchilar paydo bo’lishi, o’rindosh tovarlar, xaridorlar yoki mol yetkazib beruvchilar yakka hoqimligi) tahlil qilish ham muhim ahamiyatga ega.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin