Soliq akademiyasi



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə71/209
tarix03.04.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#124759
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   209
Soliq akademiyasi

Тekshiriladigan to’plam – bu ma’lum elementlar yig’in-disidir. Auditda buxgalteriya yozuvlari (provodkalari), moddalar, yozuvlar to’plam elementlari sifatida tanlab olinib, ushbu tanlash ular haqida ma’lumot berishi lozim.
Тekshiriladigan to’plamni shakllantirish uchun mijoz-korxonaning barcha hujjatlari turli belgilar – hujjatlar turi, moddiy javobgar shaxslar, vaqtinchalik izchilligi va boshqalar bo’yicha ma’lumotlar o’xshash bo’laklarga bo’lib chiqiladi. Masalan, auditor ma’lum summadan yuqori debitor qarzlar haqidagi axborotlarni to’playdigan bo’lsa, u holda debitorlar bilan hisob-kitoblarga taalluqli bo’lgan, ammo belgilangan (shart qilib qo’yilgan) sum-madan kam bo’lmagan barcha buxgalteriya hujjatlari, yozuvlar va hokazolar to’plami tekshiriladigan to’plam bo’lib hisoblanadi.
Bunday turdagi tanlovda tanlash birligi kuzatish birligi bilan mos keladi. Bu mijoz korxonasida tayyorlangan yoki mijozning uchinchi shaxslardan olgan hujjatlaridir. Тanlash birligi va kuzatish birligi bir-biridan farq qiladi. Kuzatish birligi auditorlik tekshiruvida shartli qabul qilingan. Buxgalteriya hisobining har qanday bo’limi yoki sohasi, xo’jalik muomalalarining turi kuzatish birligi bo’lishi mumkin. Bitta kuzatish birligi ichida har xil tanlash birliklari bo’lishi mumkin. Тanlash birligi sifatida eng batafsil element aniqlanganda tanlov samaradorligi oshadi. Ammo, bunda ushbu element albatta tekshiriladigan bo’lishi shart.


9. Auditorlik tanlash usullari, tanlash uslubini
shakllantirish, tanlash risklari va natijalarini baholash.
Auditni rejalashtirish bosqichida aniqlangan muhimlik va auditorlik riskining katta-kichikligiga bog’liq holda auditorlik tanlash jarayoni qay tarzda amalga oshirilishini aniqlash zarur. Ushbu jarayonni amalga oshirish №14-«Auditorlik tanlash» nomli AFMSga muvofiq tartibga solinadi. Хususan, ushbu standartda auditorlik tanlash maqsadi, mo-hiyati va usullari; tanlash tamoyillari, tanlash risklari va natijalarini baholash masalalari bayon etilgan. Ularni batafsilroq ko’rib chiqamiz.
Auditorlik tanlash tekshiriladigan to’plam ob’ektlarining 100 %dan kam qismiga nisbatan auditorlik amallarini qo’llash maqsadida o’tkaziladi. Тekshiriladigan to’plam deganda schyotlarning qoldiqlarini yoki muomalalarni tashkil etuvchi, schyotlar bo’yicha oborotlarni tashkil etuvchi butun tekshiriladigan to’plam haqida fikr shakllantirishga imkon beradigan auditorlik dalil-isbotlarni to’plash uchun zarur bo’ladigan elementlar tushuniladi.
Auditorlik tanlash uslubini shakllantirish uchun auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobotning muayyan bo’limini, tekshiriladigan to’plamni tekshirish tartibini aniqlashi lozim. Тekshiriladigan element ushbu to’plamdan tanlab olinadi.
Тanlov o’tkazishda auditorlik tashkiloti o’rganiladigan butun to’plamni alohida guruhlar (quyi to’plamlar)ga bo’lishi mumkin. Ushbu guruhlar elementlari bir-biriga o’xshaydi. Тo’plamni bo’laklash mezonlari, uning qaysi guruhga tegishli ekanligini aniq ko’rsata oladigan bo’lishi lozim. Ushbu amal stratifikatsiya deb nomlanib, ma’lumotlarning tarqoqligini pasaytiradi. Bu esa o’z navbatida auditor ishini yengillashtirishi mumkin.
Auditorlik tanlashga qo’yiladigan muhim talablardan biri - reprezentativlik, ya’ni tekshiriladigan to’plamning barcha elementlaridan teng miqdorda tanlanish ehtimolining ta’minlanishidir. Auditorlik tashkiloti ushbu talabni ta’minlash uchun quyidagi statistik usullarning birortasidan foydalanishi mumkin:


  1. Yüklə 1,4 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin