|
a) birinchi toifa xatarlar -
|
səhifə | 73/209 | tarix | 03.04.2023 | ölçüsü | 1,4 Mb. | | #124759 |
| Soliq akademiyasia) birinchi toifa xatarlar -tanlash natijalari tekshiriladigan to’plamda jiddiy xatolar mavjudligidan dalolat berib, ayni paytda ushbu to’plamda bunday xatolar yo’q bo’lganida to’g’ri gipotezani chiqarib tashlash xatari;
b) ikkinchi toifa xatarlar -tanlash natijalari tekshiriladigan to’plamda jiddiy xatolar yo’qligidan dalolat berib, ayni paytda ushbu to’plamda jiddiy xatolar mavjud bo’lganida noto’g’ri gipotezani qabul qilish xatari.
Auditorlik tashkiloti auditorlik tanlashning barcha bosqichlarini va uning natijalari tahlilini auditorning ishchi hujjatlarida aks ettirishi shart.
BILIMLARNI CHUQURLASHТIRISH UCHUN SAVOLLAR:
Auditorlik dalillar nima?
Auditorlik dalillarning tayinlanishi qanday tashkil ztiladi va uning oldiga qanday talablar qo’yiladi?
Auditorlik dalillarning qanday turlari mavjud?
Auditorlik dalillarning qanday manbalari mavjud?
Auditorlik amallari va auditorlik dalillarni to’plash qanday amalga oshiriladi?
Auditorlik dalillarni olishning qanday usullari mavjud?
Analitik protseduralar (tahliliy amallar)nima?
Auditorlik tashkilotining ish hujjatlari deganda nimalarni tushunasiz?
Ekspert tushunchasi nima?
Ekspert ishidan auditorlik dalil sifatida qanday foydalanish mumkin?
Ekspert xizmati bo’yicha pudrat shartnomasi qanday tuziladi?
Ekspert xulosasi nimani anglatadi?
Ekspert xulosasining kirish, tekshirish va xotima qismlarida nimalar aks ettiriladi?
Boshqa auditorlarning ishi natijalaridan qay tartibda foydalanish mumkin?
Asosiy auditor qanday ma’noni anglatadi?
Boshqa auditor qanday ma’noni anglatadi?
Boshqa auditor taomillari qanday ma’noni anglatadi?
Asosiy auditor javobiga qanday talablar qo’yiladi?
Dostları ilə paylaş: |
|
|