Soliq yuki, uni aniqlash tartibi



Yüklə 16,42 Kb.
tarix07.04.2023
ölçüsü16,42 Kb.
#124926
Soliq yuki, uni aniqlash tartibi


Aim.uz

Soliq yuki, uni aniqlash tartibi
Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyotida soliq yukining eng qulay holatini
aniqlash muammosi doimo mavjud bo’lib kelgan.
Soliq tushumlarining darajasi nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy omillar ta’sirida
yuzaga keladi, balki soliq tizimidan samarali foydalanishga va uning o’z vazifalarini
qay darajada bajarishiga ham bog’liq bo’ladi. Bu funktsiyalarning ta’siri haqida
xo’jalik sub’ektlaridagi soliq yuki orqali mulohaza qilish mumkin.
Soliq yukining umumiy darajasini belgilash orqali iqtisodiyotni tartiblashning
ham ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Iqtisodiyotni tartiblashga soliqlar orqali ta’sir o’tkazishda soliq yuki darajasi,
uning iqtisodiy taraqqiyot jarayoniga aholining turmush darajasiga ta’siri ko’pgina
iqtisodchi olimlar tomondan o’rganib chiqilgan. Soliq yukining muayyan davr uchun
asoslangan, adolatli va real variantlarining qo’llanilishi ko’pgina rivojlangan
davlatlarda iqtisodiyotning samarali rivojlanib borishini ta’minlamoqda. Iqtisodiyotni
soliqlar orqali boshqarishda, xususan, tarmoqlar o’rtasidagi muvofiqlikni
ta’minlashda soha va tarmoqlarda soliq yukining tegishli holatini o’rganish lozim
bo’ladi.
Xo’jalik sub’ektlariga soliq yuki davlat soliq siyosatining natijasi bo’lib, har
qanday soliq tizimining sifat tavsifini ko’rsatadi. Shu bilan bir qatorda, olinayotgan
soliqlar darajasi, bir tomondan, ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligi, boshqa
tomondan esa davlatning moliyaviy resurslarga bo’lgan ehtiyoji miqdori bilan
belgilanadi. Shu sababli soliq yukining og’irligini kamaytirish, birinchi navbatda,
davlat xarajatlarini qisqartirish va ijtimoiy xizmatlarning to’lovlilik darajasiga bog’liq
bo’ladi.
Ayrim mutaxassislar soliq tizimining samaradorligini YaIMda soliqlarning
hissasi bilan bog’laydilar. Boshqa bir guruhdagi mutaxassislar esa soliq yukini
to’lovlarning barchasini birlashtirish yo’li bilan hisoblashni tavsiya etadilar. Bunda
byudjetdan tashqari fondlarga va mahsulotni sotish hajmiga ajratmalar ham soliq
yukining tarkibiga kiritiladi.
Jamiyat a’zolariga soliq og’irligining taqsimlanish darajasini tavsiflab aytish
mumkinki, ishlab chiqarishdagi aksariyat soliqlar, xususan, egri soliqlar tovar
tannarxi tarkibiga kiritiladi va pirovard natijada iste’molchi zimmasiga tushadi.
Aholining soliq yukini, jon boshiga soliq salohiyatini olinadigan o’rtacha boshiga
daromadga nisbatan aniqlash mumkin.
Shu asosda butun mamlakatning soliq salohiyatini hisoblashda, barcha soliq
summasi va sug’urta badallarining majmui sifatida hisoblash soliq yukini hisoblashda
yollangan xodimlar mehnatiga haq to’lashda har bir so’miga barcha soliqlar
summasining, shuningdek, soliq yuki salmog’ini, yalpi qo’shilgan qiymat salmog’i
ulushi bilan aniqlanib, uni aholining soliq yuki koeffitsientiga tuzatish (ko’paytirish)
kiritish taklif etiladi.
Yuqorida ko’rib chiqilgan soliq yukini YaIMdagi soliq ulushi sifatida
hisoblash metodologiyasi juda oddiy va tushunarlidir. Shuning uchun u chet
mamlakatlarda keng qo’llaniladi. Ayni paytda, bu metodologiya turli ishlab chiqarish
110
tarmoqlariga va iqtisodiyotning turli sektorlariga mansub bo’lgan korxonalar uchun,
uni taqqoslab mikrodarajadagi soliq yuki darajasini tadqiq etish imkonini bermaydi.
Hozirgi paytda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq
qo’mitasi yuridik shaxslarga soliq yukini hisoblashning metodologiyasini tavsiya
etgan. Unda soliq yuki barcha hisoblangan soliqlar, yig’imlar va boshqa majburiy
to’lovlar, byudjetdan tashqari fondlarga to’lovlarning hisobga olingan summasi,
mahsulot sotish hajmiga va boshqa sotuvdan tushumni o’z ichiga olgan nisbat orqali
aniqlanadi.
Ish haqini to’lash bo’yicha xarajatlarning ortishi byudjetdan tashqari fondlarga
to’lovning ko’payishiga ta’sir etadi. Soliq yukining ortishiga, shuningdek, soliq
to’lovlarining byudjetga o’z vaqtida o’tkazilmasligi natijasida to’langan jarimalar
ham ta’sir etishi mumkin.
Soliq yukini aniqlashda absolyut va nisbiy soliq yukini farqlash lozim.
Absolyut soliq yuki - bu jami to’langan soliqlar, yig’imlar va boshqa majburiy
to’lovlar bo’lib, byudjet va byudjetdan tashqari fondlarga o’tkaziladi, ya’ni xo’jalik
yurituvchi sub’ektlar soliq majburiyatlarining absolyut miqdoridir. Statistik
hisobotlarda bu ko’rsatkichga haqiqatda soliq to’lovlarining byudjetga o’tkazilganini
va byudjetdan tashqari fondlarga o’tkazilgan majburiy sug’urta badallarini,
shuningdek, bu to’lovlar bo’yicha boqimandalik kiritiladi.
Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan byudjetdan tashqari fondlarga to’lanadigan
sug’urta badallari majburiy to’lovlar bo’lib, soliq xarakteriga egadir. Shu sababli
soliq yukini hisoblashda ularni hisobga olish zarur.
Biroq, absolyut soliq yuki soliq majburiyatlarining ziddiyatini ifodalamaydi.
Bu ko’rsatkich soliq to’lovchilar miqdori bilan to’lash manbalarining mosligini aks
ettirmaydi. Shu sababli, nisbiy soliq yuki ko’rsatkichidan foydalanish maqsadga
muvofiqdir.
Nisbiy soliq yuki deb uning absolyut miqdorining yangidan yaratilgan
qiymatga munosabati tushuniladi, ya’ni soliqlar, yig’imlar va boshqa majburiy
to’lovlar hissasi hamda yangi yaratilgan qiymatdagi boqimandalik ham bunga
qo’shiladi.
Soliq to’lovlarini to’lash manbai bo’lib qo’shilgan qiymat hisoblanadi.
Qo’shilgan qiymat - tovar va xizmatlar qiymati bo’lib, oraliq iste’molga
kamaytiriladi, ya’ni keyingi ishlab chiqarish nuqtai-nazaridan iste’molga
kamaytiriladi. Soliqlarni undirishning turli usullari bir maqsadni, ya’ni qo’shilgan
qiymatning bir qismini olishni nazarda tutadi.
Shunday qilib, tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishida soliq yukining
ta’sirchanligi shubhasizdir. Uning ta’siri, umumiy ko’rinishda, salbiy yoki ijobiy
bo’lishi mumkin. Soliq yuki og’irlashgan paytda tadbirkorlik faoliyati susayadi va
hatto, umuman to’xtab qolishi ham mumkin. Aksincha, soliq yukining nisbatan
engillashuvi tadbirkorlik faoliyatining faollashuviga olib keladi. Lekin soliq yukini
engillashtirishni tadbirkorlikni rivojlantirishning yakka-yu yagona sababi sifatida
talqin etish maqsadga muvofiq emas. Undan tashqari soliq yukini engillashtirish ham
o’zining mantiqiy chegarasiga ega bo’lib, bu chegara ko’p jihatdan davlat
111
byudjetidan qilinishi lozim bo’lgan xarajatlarning hajmi bilan bog’liqdir. Shu
munosabat bilan hozircha bizning nazarimizda O’zbekiston sharoitida tadbirkorlik
faoliyatini yanada faollashtirish uchun soliq yukini yanada engillashtirish emas, balki
mavjud tarkib topgan soliq yukini iqtisodiyotning tarmoqlari o’rtasida qayta
taqsimlashni dolzarb masala sifatida qaramoq lozim.
Bizga aniq bo’ldiki, soliq yuki ham ishlab chiqaruvchilar, ham iste’molchilar
zimmasiga tushadi. Biroq yo’qotish hajmi odatda bir xil bo’lmaydi (yuqorida keltirib
o’tilgan hisob-kitoblar faqat bizning shartli misolimizga xos). Soliq yukining xususiyati
bozor talabi va bozor taklifining egiluvchanligiga bog’liq bo’ladi.
Ortiqcha soliq yuki jamiyatning soliqqa tortiladigan tovarni ishlab chiqarish va
iste’mol qilishni ularning maqbul darajasidan qisqartirish oqibatida ko’rgan zarari
hajmidir. Bu qoidadan kelib chiqadigan xulosa shuki, davlat iqtisodiyotni haddan
tashqari katga soliqlar bilan qiynab qo’ymaslik uchun o’zining qayta taqsimlash
siyosatini haqiqiy zarur minimum bilan cheklashi lozim. Nega deganda,
daromadlarni qayta taqsimlash, biz aniqlaganimizdek, jamiyat uchun muayyan
yo’qotishlarga sabab bo’ladi.
Respublikamiz soliq siyosatida mahsulot ishlab chiqaruvchi sohalar va
jismoniy shaxslar uchun soliq og’irligini tobora kamaytirib borish tadbirlari
ko’rilmoqda. Prezidentimiz Islom Karimov “2001 yilda Respublikani ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish yakunlari, iqtisodiy islohatlarning borishini baholash hamda
2002 yilgi vazifalar”ga bag’ishlangan Vazirlar Maxkamasining yig’ilishida so’zlagan
nutqida ta’kidlab o’tganidek“ …yildan-yilga, avvalo ishlab chiqarish tarmoqlari va
korxonalarimiz bo’yniga tushayotgan soliq og’irligi tobora kamayib bormoqda”.
Masalan, 2001 yilda yalpi ichki mahsulotga nisbatan davlat byudjetiga undirilgan
soliq ulushi 26 foizgacha qisqardi. Ko’pgina xorijiy davlatlarda bu ko’rsatgich hozir
o’rtacha 30-33 foizni tashkil etadi. Eng muhimi, soliq og’irligini bundan buyon ham
kamaytirish siyosatini yurgizish, soliqlarning rag’batlantiruvchi rolini oshirib borish,
ayniqsa, tabiiy va mineral xom ashyolardan foydalanish borasida korxonalar
faoliyatiga ta’sir doirasini kuchaytirish lozimligi ta’kidlab o’tildi. Soliqlar og’irligini
faqat yuridik shaxslargagina emas, balki jismoniy shaxslarga nisbatan ham
kamaytirish tadbirlari belgilangan.
Soliq og’irligini kamaytirish iqtisodiyotimizda yuridik shaxslarning o’z
ixtiyorida qoladigan daromadlarini ko’paytirish va shu orqali ishlab chiqarishni
kengaytirish, kreditorlik qarzlarini kamaytirish va nihoyat, boqimandalar
bo’lmasligiga olib keladi. Bu esa soliqlarning iqtisodiyotga ta’sirini yanada
kuchaytiradi, tadbirkorlikning erkin rivojlanishiga sharoit yaratadi.
Yüklə 16,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin