Jami daromadlar tarkibi, jami daromaddan chegirmalar 34
tovar-moddiy qimmatliklarni yaroqsizligi sababli (saqlash muddati o’tganligi, jismoniy va (yoki) ma’naviy eskirganligi, shunga o’xshash boshqa sabablarga ko’ra) hisobdan chiqarishdan ko’rilgan zararlar, bundan favqulodda holatlar (tabiiy ofat, yong’in, avariya, yo’l-transport hodisasi va hokazolar) oqibatida ko’rilgan zararlar mustasno);
35
muddati o’tgan va kechiktirilgan kreditlar (qarzlar) bo’yicha muddatli qarz uchun kredit shartnomasida nazarda tutilgan stavkalardan ortiqcha foizlar;
36
xo’jalik shartnomalari shartlarini buzganlik uchun to’langan yoki tan olingan jarimalar, penyalar va sanktsiyalarning boshqa turlari;
Foyda solig‘i stavkalari Foyda solig‘i stavkasi 1998-yilda 36 foizni tashkil etgani holda 2001-yilda 26 foizga tushirilgan. 2002-yilda esa 24 foiz, 2003-yilda 20 foiz, 2004-yilda 18 foiz, 2005-yilda 15 foiz, 2006-yilda 12 foiz, 2007-yilda 10 foiz, 2009-yildan boshlab esa 9 foiz qilib belgilangan. 2010–2013-yillarda mazkur miqdor saqlab qolindi. 2014-yil 1-yanvardan boshlab yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkasi 8 foiz etib belgilandi. 2015-yil 1-yanvardan boshlab mazkur stavka 7,5 foiz miqdorida tasdiqlandi. 2018-yil 1-yanvardan boshlab esa mazkur stavka 14 foiz miqdorida belgilandi. 2019 yilda esa ushbu miqdor 12 foizni tashkil etgan.
Foyda solig‘i stavkalari Soliq kodeksining 337-moddasiga muvofiq yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilangan: