Son mehnat shartnomasi (kontrakt)



Yüklə 62 Kb.
səhifə2/4
tarix23.11.2022
ölçüsü62 Kb.
#119783
1   2   3   4
07. Mamatqulov Rustam Abdurayimovich

Xodimning majburiyatlari:

  1. mehnat tog‘risidagi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya qilish;

  2. Agentlik Nizomi, lavozim yo‘riqnomasi va boshqa ichki idoraviy hujjatlar qoidalariga rioya qilish;

  3. ish beruvchining qonnuniy topshiriqlarini bajarish;

  4. ish tartibi, ichki mehnat nizomi, xizmat vazifasi qoidalari, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga amal qilish;

  5. YaTMM, MM bilan nazarda tutilgan malaka majburiyatlariga rioya qilish;

  6. jamoa shartnomasi shartlariga rioya qilish;

  7. xizmat safariga chiqish;

  8. ijro intizomiga rioya qilish;

  9. o‘z vazifa va funksiyalarini amalga oshirish jarayonida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni, xususan poraxo‘rlik, mansab vakolatini suistem’ol qilmaslik, o‘z xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan xarakatni o‘zga (uchinchi) shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga shaxsan o‘zi yoki vositachi orqali moddiy qimmatliklar olishi yoxud mulkiy manfaatdor bo‘lish harakatlarini hamda o‘zining yoki boshqa shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab boshqa qonunga xilof harakatlarni sodir etmaslik;

Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etishga ko‘ndirish maqsadida biror-bir shaxs o‘ziga murojaat etilganligi doir barcha hollar to‘g‘risida, shuningdek Agentlikning boshqa xodimlari tomonidan sodir etilgan shunga o‘xshash huquqbuzarliklarning o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan har qanday holatlari haqida ish beruvchini yoxud Agentlikning Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasini (yoki mas’ul xodimini) xabardor etish;
mansab yoki xizmat majburiyatlarini bajarish jarayonida manfaatlar to‘qnashuviga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan shaxsiy manfaatdorlikka yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish, manfaatlash to‘qnashuvi yuzaga kelgan taqdirda, xodim ish beruvchini yoki o‘zini bevosita rahbarini darhol xabardor qilish.
Xodimning lavozim yo‘riqnomasiga asosan Ish beruvchi tomonidan Xodimning zimmasiga boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.

  1. Xodim tomonidan O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va siyosatga amal qilmaslik, shuningdek korrupsiyaga oid huquqbuzarliklari sodir etganda yoki uni namoyon qilganda qonunchilikka va Agentlikning ichki hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda intizomiy, fuqaroviy-huquqiy va (yoki) jinoiy javobgarlikka tortilishi hamda u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi o‘rnatilgan tartibda bekor qilishiga sabab bo’ladi.


  2. Yüklə 62 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin