Son so’z turkumi va ma’no turlari haqida. Son so’z turkumi va ma’no turlari haqida



Yüklə 73,73 Kb.
səhifə5/6
tarix26.11.2023
ölçüsü73,73 Kb.
#135207
1   2   3   4   5   6
Son so\'z turkumi

Tartib sonlar narsaning joylashish tartibini, o‘rnini ifodalash bilan boshqa sonlardan farqlanadi. Ular sanoq songa –nchi, -inchi-lamchi affiksini qo‘shish orqali hosil bo‘ladi: birinchi, ikkinchi, beshinchi, birlamchi, ikkilamchi kabi. Tartib sonlar boshqa son turlaridan farqli ravishda hisob so‘zlari bilan qo‘llanmaydi.
Tartib son yasovchi affikslar bir soniga qo‘shilganda «ilk», «dastlabki», «oldingi» kabi so‘zlar bilan sinonim bo‘ladi: Qishning birinchi kunlarida qor qalin yog‘di.
Tartib son yasovchi affikslar ikki soniga qo‘shilganda «boshqa» so‘ziga ma’nodosh bo‘ladi: Endi masalaning ikkinchi tomoniga e’tibor qarataylik.
Narsa, hodisalar tartibini ko‘rsatishda avval sanoq son undan so‘ng tartib son qo‘llaniladi: Bir tomonda sho‘x, ikkinchi tomonda kishining qalbini tirnaydigan katta ashula bo‘lmoqda.
Tartib son ba’zan narsaning turi yoki navini ifodalash uchun ham xizmat qiladi. Bunda tartib son narsaning joylashish o‘rnini emas, aksincha, uning belgisi, xususiyati e’tiborga olinadi: yettinchi chiroqni oldiga qo‘yib, erining to‘nini yelkasiga tashlaganicha o‘tirardi (S.Ahmad).
Tartib sonlar narsaning miqdoriga ko‘ra belgisini ko‘rsatib, gapda sifatlovchi aniqlovchi vazifasini bajaradi: Atirgullar, ko‘rkam karnaygullar, xil-xil gulbeorlar kuzning birinchi izg‘irinlarini pisand qilmaydi (O).  Fe’l-kesimga bog‘lanib, gapda miqdor holi vazifasini bajaradi: Bunday go‘zallikni Abrorjonning birinchi ko‘rishi edi. 
Tartib son otlashadi. Ular otlashganda avval egalik qo‘shimchasi so‘ng kelishik qo‘shimchasi qo‘shiladi va gapda ega, to‘ldiruvchi, qaratqich aniqlovchi kabi vazifalar bajaradi: Ikki otliq ancha gaplashib turgandan keyin biri qishloq tomonga ketdiikkinchisi orqaga qaytdi. 
Tartib sonlar gap bo‘laklariga garammatik jihatdan bog‘lanmay, kirish so‘z vazifasida ham qo‘llanadi: Birinchidan, hali juda yoshsiz, ikkinchidan, bu vazifani uddalashga tajribangiz yetisharmikan.

Yüklə 73,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin