Predmetning miqdorini butunicha va qismlarga ajratib, ifodalashiga ko’ra ikki xil bo’ladi: butun, kasr.
1. Miqdorni, sanoqni, predmetning butunligini saqlagan holda ifodalovchi sonlar butun sonlar deyiladi.
2. Butunning qismini ifodalovchi sonlar kasr sonlar deyiladi: yarim, chorak, nimchorak.
3. Butun va kasr son aralash holda qo’llanilsa, kasrli son – aralash son deyiladi: bir butun, o’ndan ikki.
www.arxiv.uz
Sonning ma’no turlari.
Sonlar ma’no va grammatik xususiyatlariga ko’ra 2 turga ajratiladi: 1. Sanoq sonlar. 2. Miqdor sonlar.
Sanoq sonlar predmetning, ish-harakatning miqdorini, sanog’ini, sonini anglatadi. Sanoq sonlar predmetlarni donalab, taqsimlab, jamlab, taxmin-chamalab ko’rsatadi.
Sanoq sonlar quyidagi turlarga bo’linadi:
1. Miqdor sonlar bir turdagi predmetlarning umumiy miqdorini bildiradi: besh, yuz, ming.
Miqdor sonlar hisob so’zlari bilan qo’llanadi. Ular ot turkumiga mansub so’zlardir. Hisob so’zlari quyidagi o’lchov birliklarini bildiradi:
2. Dona son. Bir xildagi predmetlarning yakkalab, donalab sanaladigan umumiy miqdorini bildiradi. 2 usul bilan hosil bo’ladi:
morfologik usul: miqdor songa – ta qo’shimchasini qo’shib;
sintaktik usul: miqdor sondan so’ng donalikni bildiradigan hisob so’zlarini keltirib.
3. CHama son. Predmetning taxminiy miqdorini bildiradi. Miqdor songa –tacha, -larcha, -lab qo’shimchalarini qo’shib va ketma-ket keladigan birlik, beshlik, o’nlik, yuzlik, mingliklarni juftlab hosil qilinadi.
4. Jamlovchi son bir xildagi predmetlarning donalab sanalishidan kelib chiqadigan miqdorni jamlash orqali ifodalaydi. Miqdor songa – ov, -ovlon, - ala qo’shimchalarini qo’shib hosil qilinadi.
5. Taqsim son bir xildagi predmetlarning guruhlanish, taqsimlanish miqdorini bildiradi.
Miqdor songa – tadan qo’shimchasini qo’shib, dona sonlarni takrorlash orqali (beshta – beshta, beshta-beshtadan) hosil qilinadi.