Ishlab chiqarishdan iqtisodiyotga. ► Siyosat institutlari. Hokimiyatga ega bo’lish muammolarini qo’yish va hal etish usullarini belgilovchi meyorlar majmui.
asosiy elementlar (modern): harakatlar dasturi; (mafkura); islohot; tashkilot (partiya); jamoatchilikning qo’llab-quvvatlashi
postmodern davrida virtuallashtirish: - hozir siyosiy hokimiyat uchun kurash – bu harakatlar dasturining raqobati emas, balki siyosiy imijlarning kurashidir;
- siyosatchining real shaxsi va faoliyati faqat “axborot sababi” sifatida kerak xolos;
- ommaviy demokratiya institutlarining virtuallashtirilishi – saylovlar, davlat, partiyalar.
Boshqaruvdan siyosatga. ► Ilm-fan institutlari. Haqiqatni ochish va malaka oshirish muammolarining hal etilishini taminlovchi meyorlar majmui.
asosiy elementlar (modern): fakt – sezgi organlari tomonidan qayd etiladigan narsalarning holati; kashfiyot – narsalarning yangicha holatini aniqlash; tadqiqot – faktlarni yig’ish va ularni bir tizimga solish jarayoni; bilimga asoslanganlik – faktlar«zahirasi»ga ega bo’lish.
postmodern davrida virtuallashtirish: - ilm-fan bugungi kunda – bu haqiqatni izlash emas, balki til bilan bog’liq o’yinlar turi, modellarni manipulyasiya qilishdir;
- moddiy eksperiment ko’p hollarda real voqyelikda referentga ega bo’lmagan modellarda tajriba o’tkazishga almashilyapti;
- farovonlikka murojaatni moliyaviy samaradorlikka murojaat bilan almashtirish;
- ilmiylikning haqiqiylikdan ajralishi;
- kompetensiyani simulyasiya qilish.
“Bilimlarni oshirishdan” “ilmiylikka” ► Sanat institutlari. Badiiy qadriyatlarni yaratish va saqlash muammolarini qo’yish hamda hal etish usullarini belgilovchi meyorlar majmui.
asosiy elementlar (modern): asar – buyum bo’lib, uning hissiy idroki ezgulikdir; ijod – o’ziga xos asarni yaratish; did – ijodg’idrok etish qobiliyatiga ega bo’lish; badiiy yo’nalish; taqdimot (ko’rgazma, spektakl) va boshqalar.
postmodern davrida virtuallashtirish: - “go’zallikni” turlicha tushunish
- sitata keltirish sanat tamoyili sifatida
- asar yaratish PR–aksiyalar majmuiga aylanadi