Qisqacha xulosalar:
Jamiyatni aqlan rivojlantirish – bu ijtimoiy taraqqiyot asosidir. Busiz ilmiy-texnik taraqqiyotga erishishning imkoni yo’q, insonning global manfaati-jamiyatning barqaror hayotini taminlaydigan kashfiyotlarni amalga oshirib bo’lmaydi.
Oldimizda turgan muhim masala – bu milliy istiqlol mafkurasini yaratish va hayotimizga tatbiq etishdir. Bu esa butun talim va madaniyat tizimini tubdan isloh qilishni taqozo etadi. Chunki ayni bilimdonlik va yuqori madaniyatlilik ozodlikdan hammaning baxt-saodati yo’lida foydalanish imkonini beradi. Sobiq sho’ro davrida talim tizimisiz jahon sivilizasiyasining ilg’or yutuqlaridan va xalqimizning tarixiy ildizlaridan ajralib qolgan edi. Aqliy va madaniy salohiyatni rivojlantirish yana bir uzluksiz prinsip hisoblanadi. Demak, bizning vazifamiz, avvalabor, mana shu manaviyatimiz sarchashmalarini va bobokalonlarimizning boy ananalarini davom ettirishdir.
Shunday bir mexanizm ishga tushirilishi kerakki, bunda har bir kishi islohotlarning afzalligini yaqqol sezsin. Ularning natijalaridan haqiqiy manfaatdorlik paydo bo’lsin. Islohotlar jarayoni aniq samara bilan bog’liq bo’lishi zarur.
Tayanch iboralar:
Sosial dinamika, taraqqiyot, Sosial statika, Sosial fizika, endogen, ekzogen, Sosial mobillik, intergenerasion, generasion, Sosial differensiasiya, Sosial integrasiya, reproduktiv dinamika, maqom (status) Sosial dinamikasi, hududiy Sosial dinamika, mexanik va organik birdamlik.
Nazorat savollari:
Sosial taraqqiyotning turlari va ko’rinishlarini aytib bering.
Sosial harakatchanlikning qanday shakllari mavjud?
Sosial o’sish holatlari qanday omillarga bog’liq bo’ladi?
O’zbekistonning Sosial o’sish holatlarini nimalarda ifodalash mumkin?
Manaviy o’sishning manbalarini izohlang.
8 - MAVZU. EMPIRIK SOSIOLOGIK TADQIQOT VA UNING METODLARI
Sosiologik tadqiqot dasturining nazariy asoslari
Sosiologik tadqiqotlarni tashkil etish va o’tkazish usullari
Yempirik malumotlarni tahlil qilish va qayta ishlash usullari
Sosiologik tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish va umumlashtirish.
Sosiologik tadqiqotlar bo’lajak izlanishlarining ilmiy asoslangan reja va dasturini tayyorlashdan boshlanadi.
Dastur hayot haqiqatidan kelib chiqqan va ilmiy-nazariy jihatidan puxta ishlangan bo’lishi lozim. Zero, tadqiqot natijalari qanday bo’lishi ana shu omillarga bevosita bog’liqdir.Dastur bo’lajak tadqiqot materiallarini to’plash, qayta ishlash va malumotlarni tahlil qilishni o’z o’ziga oladi. Dastur tadqiq etiluvchi ijtimoiy muammo mohiyatini aniqlash, tadqiqot obyekti va predmetini belgilash, maqsad va vazifalarni xarakterlab berish, ishning, ilmiy tahlinini belgilash, usullarini aniqlash, malumotlarni to’plash va tahlil etish sxemasini chizib olish kabi qismlarni o’zida mujassamlashtiradi.
Dasturni ishlab chiqish jarayonida ikki asosiy talabga rioya qilish muhimdir. Birinchidan ishlab chiqilgan nazariy umumlashmalardan real tadqiqot jarayonlariga o’ta bilish va ikkinchidan, olingan natijalar, faktlar, yig’ilgan empirik materiallardan nazariy umumlashmalarga, ilmga qayta bilish ko’nikmalariga ega bo’lish ana shu talablar mazmunidir.
Dastur asosan ikki katta bilim, yani nazariy-metodologik va amaliy uslubiy bo’limlardan iborat. Nazariy-metodologik bo’lim mavzu tanlash, tadqiqot obyektini xarakterlash, maqsad va vazifalar, faraz hamda predmetni aniqlash kabi qismlarni o’z o’ziga olsa, amaliy uslubiy bo’lim malumotlarni to’plash usullarini bayon etish yig’ilgan materiallarni qayta ishlash, tahlil qilish va tavsiyalar tayyorlash singari amaliy faoliyatlarni mujassamlashtiradi. Dastur mazmunida turli tavsirlar oqibatida yuzaga chiquvchi ijtimoiy muammo vaziyatlari aniq va yorqin ifoda etilmog’i lozim. Ilmiy muammoning qo’yilishi muayyan soha amal qilayotgan bilimlar hamda amaliy andozalar doirasidan qoniqmaslik, bu bilimlar chegarasini kengaytirish demakdir.Zero, muayyan tadqiqotlar boshlangunga qadar maqul bo’lgan bilimlar doirasida hamisha ham ijtimoiy muammoli vaziyat hal etilavermaydi.Odatda ijtimoiy muammo amaliy vositalar bilan hal etilmagan holatda ilmga, tadqiqot o’tkazishga murojaat qilinadi. Bu murojaat ilmda ijtimoiy buyurtma deb ataladi.Shu tariqa sosiologning tashabbusi bilan amalga oshirilishi mumkin. Ammo sosiologning shaxsiy tashabbusi ham real hayot muammolari asosida paydo bo’lmog’i lozim.
Dostları ilə paylaş: |