«Sosiologiya» fanidan o’quv-uslubiymajmua tuzuvchi: dos. Jo’rayev L. N. dos. Yusupov R. K. kat o’qit. Sherov M. B. Samarqand – 2015


Sosiologik tadqiqotlarda kuzatish usuli



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə76/81
tarix10.02.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#123249
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81
«Sosiologiya» fanidan o’quv-uslubiymajmua tuzuvchi dos. Jo’raye

Sosiologik tadqiqotlarda kuzatish usuli.
Sosiologik tadqiqotlarda kuzatish – dastlabki empirik malumotlarni yig’ish usuli bo’lib, muayyan maqsadga qaratilgan, oldindan puxta o’ylab, muntazam olib boriladigan, hissiy qabulga asoslangan bo’ladi. Bu usuldan foydalanishning o’ziga xos afzalligi shundaki, tadqiqotchi muayyan darajada tadqiqot olib borayotgan obyektdan mustaqil bo’ladi va unga bo’ysunmaydi. Kuzatish usulidan olinadigan ilmiy malumotlarda obyektiv, xolis va hayotiy bo’lishi bilan o’zining ilmiy qimmatiga egadir. Shu bilan birga, kuzatish usulidan olingan ilmiy malumotlarda subyektiv jihatlar ham bo’lishi mumkin. Chunki, sosiologik tadqiqot tadqiqotchining ijtimoiy voqyelikka, jarayoniga nisbatan qanday munosabatda bo’lishi va qay yo’sinda tavsiflashi asosida boradi.
Kuzatish usulining yana bir o’ziga xos jihati; uning muayyan darajada chegaralanganligi bo’lib, ko’pincha tadqiq etilayotgan voqyelikni qayta kuzatish imkoniyati bo’lmasligidadir. Bu usulning yana bir zaif jihati shundan iboratki, kuzatish orqali tadqiqotchini savolga qiziqtirish, kuzatiluvchining fikr va hukmini bilish juda qiyin. Barcha hollarda kuzatish hozircha so’z bilan ifodalanadi. Ammo bazi xulqiy-yehtirosli munosabatlarni, holatlarni bir tarzda yozish va so’z orqali ifodalash qiyin bo’ladi.
Kuzatish jarayonining harakteriga qarab uni quyidagi tiplarga ajratib ko’rsatish mumkin: nazorasiz, to’la qamrovli va qamramaydigan, dala va laboratoriya sharoitida muntazam va tasodifiy kuzatishdir.
Sosiologik tadqiqotlarda kuzatish usuli o’rganilayotgan obyektga nisbatan chetdan yoki ichkaridan qo’llanilishi mumkin. Tadqiq etilayotgan obyekt chetdan kuzatilganda tadqiqotchi obyektga nisbatan mustaqil bo’ladi va unga bo’ysunmaydi. Ichkaridan kuzatishda tadqiqotchi kuzatayotgan obyektga ro’y berayotgan ijtimoiy jarayonlarda bevosita ishtirok etadi va bo’ysunadi.
Sosiologik tadqiqotlarda faqatgina kuzatish usulidan foydalanish bilan kifoyalanib qolmaslik kerak. Chunki, kuzatish usuli orqali olingan natijalar o’rganilayotgan obyekt to’g’risida to’liq malumot bera olmaydi. Bu usuldan ko’pgina sosiologik tadqiqotning dastlabki bosqichlarida, obyekt to’g’risida dastlabki tasavvurga ega bo’lish uchun yoki sosiologik tadqiqotlarning boshqa usullari yordamida olingan malumotlarni, statistik hujjatlarni qo’shimcha ravishda tekshirish maqsadida foydalaniladi.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin