«Sosiologiya» fanidan o’quv-uslubiymajmua tuzuvchi: dos. Jo’rayev L. N. dos. Yusupov R. K. kat o’qit. Sherov M. B. Samarqand – 2015


Zamonaviy Sosiologiyaning predmeti va obyekti



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə23/81
tarix10.02.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#123249
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   81
«Sosiologiya» fanidan o’quv-uslubiymajmua tuzuvchi dos. Jo’raye

Zamonaviy Sosiologiyaning predmeti va obyekti. Fan predmeti – fundamental tushunchalarning mantiqiy o’zaro bog’langan va qarama-qarshi bo’lmagan tizimi hisoblanib, mazkur fanning tadqiqot usullariga yo’naltirilgan obyektiv reallik qismini ifodalaydi. Fan predmeti deb ataladigan tushunchalar majmui alohida faktlarni muntazam, takrorlanadigan hodisalar bo’yicha tartibga soladi va tashkil etadi. Sosiologni tanholigi yoki noyobligi emas, qonuniyligi yoki tipikligi qiziqtiradi.
Sosiologiya – bu ijtimoiy tizimlar, ularning vazifalari, ijtimoiy tizim va jamoalarning (dunyo, jamiyat, institut, guruh, tashkilot, oila, shaxs) harakatlanish va rivojlanish (faoliyati va o’zaro tasiri) qonuniyatlari (qonuniyatlar, tendensiyalar), haqidagi fandir. Sosiologiya tabiiy va texnik fanlar bilan ko’pgina umumiylikka ega. Mazkur o’zaro munosabatlarning sababi shundaki, sosiologik bilishning obyekti jamiyat hisoblanadi. Biroq «jamiyat» tushunchasini Sosiologiyaning predmeti sifatida dastlabki aniqlash uchun belgilash yetarli emas. Jamiyat barcha gumanitar fanlar tadqiqotining obyekti hisoblanadi. Tadqiq etuvchining faoliyati yo’naltirilgan barcha narsalar bilish obyekti hisoblanadi. Bunga muvofiq ravishda Sosiologiya obyekti deganda jamiyatning yaxlit Sosial voqyeligi tushuniladi, unda obyektiv ijtimoiy hodisalarni ajratishimiz mumkin (yani ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy tashkilotlar, ijtimoiy jamoalar, ijtimoiy jarayonlar, ijtimoiy institutlar, ijtimoiy subyektlar).
Sosiologiya predmetlariga shaxs, ijtimoiy guruhlar, jamoa va butun jamiyat faoliyati va rivojlanishi qonun va qonuniyatlari, shuningdek, jamiyatning ijtimoiy hayoti ( Sosial subyektlarning ijtimoiy mavqyelar, rollar, ijtimoiylashuv muammolari bo’yicha o’zaro tasiri) kiradi. Zamonaviy Sosiologiya predmeti – uzoq vaqt davom etgan tarixiy rivojlanish natijasi bo’lib, ko’plab olimlar avlodlarining mehnatlari mahsulidir, ulardan har biri yangi bilim tamoyillarini qo’shib borgan, yuzaga kelgan vaziyatni ko’rib chiqqan, tanqid qilgan, bahs-munozara olib borgan, yangilik kiritgan, tekshirgan va shu yo’l bilan bugun Sosiologiya predmeti sohasiga kiritilganlarni barchasini elakdan o’tkazgan. Sosiologiya predmetining bosh sababchisi ikkita tushuncha hisoblanadi - «status» va «rol». Birinchisi jamiyatning statistik, ikkinchisi esa dinamik tasvirini ochib beradi. Insonning guruhdagi yoki jamiyatdagi o’rni, holati status (mavqye) deb ataladi. To’ldirilmagan mavqyelarning majmui bizga jamiyatning ijtimoiy tuzilmasini beradi. Ijtimoiy mavqyelar ijtimoiy munosabatlar bilan, shaxsiy mavqyelar esa shaxslararo munosabatlar bilan bog’liq. Sosiologiya uchun insonlar qanday shaxsiy munosabatlarga kirishishlari emas, balki ular orasidan qandaydir asosiyroq bo’lgan qarashlar, yani Sosial munosabatlar muhimdir.
Jamiyat haqidagi fanlar umumiy tizimida Sosiologiya fani xususiyatiniyatini yuqorida zikr etilgandek tushuntirish, hozirgi zamon Sosiologiyasining predmetini shunday tariflashning imkonini beradi: Sosiologiya jamiyatni murakkab ijtimoiy organizm sifatida o’rganadi. Sosiologiya jamiyatni mavjud tarkibiy tuzilmalari mohiyati, ularning harakat tendensiyalari va taraqqiyot qonuniyatlarini Sosial tashkil etilgan tizimda tadqiq etadi. Shuningdek, Sosiologiya asosiy etiborni jamiyatni xar xil ijtimoiy va hududiy tuzum bosqichlarida vujudga keladigan keng manodagi insonlararo munosabatlari va jamoatchilik fikrini o’rganishga qaratuvchi fandir. Sosiologiya fani jamiyatning turli sohalari iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, manaviy-axloqiy va boshqa tarmoqlarida tadqiqotlar o’tkazadi. Mamlakatimizda Sosiologiyaning roli ortib bormoqda, bu fanga umumiy qiziqish kuchaymoqda. Buni tushunish mumkin, chunki O’zbekistonda hozir yangi ijtimoiy-siyosiy va manaviy iqlim shakllandi. Ijtimoiy hayotning barcha jabxalarida o’zgarishlar kuzatilmoqda, Sosial tarkibda o’zgarishlar qayd qilinmoqda, yangi ijtimoiy institutlar va munosabatlar paydo bo’lmoqda. Vatanimizda Sosiologiya hyech qanday to’siqsiz rivojlanish va mustaqil ijtimoiy fan sifatida o’zini anglash imkoniyati tug’ildi. Jamiyatimizda kuzatilayotgan ijtimoiy o’zgarishlar va jarayonlar Sosiologiya fanining diqqat markazida turibdi. Sosiologik fikrlashning eng muhim jihati jamiyat hayotida inson shaxsini tushunishdan iboratdir. Shaxsga bo’lgan sosiologik nuqtai nazarning o’ziga hosligi shundan iboratki, bu fan unga ijtimoiy voqyeilikni o’zgartiruvchi faol mavjudot sifatida qaraydi. Ijtimoiy institutlar ko’p jixatdan inson ahloqini ifodalaydi, ammo ayni shu vaqtning o’zida ular inson faoliyatining ifodasi va individlarning o’zaro ijtimoiy tasiri xosilasidir. Jamiyat to’g’risidagi xozirgi bilimlarning o’ziga hos hususiyati shundan iboratki, ular sosiologik fikrlashning kuchli tasiri ostidadir. Jamiyatimizda kuzatilayotgan murakkab jarayonlarni sosiologik tahlilsiz to’g’ri tushunish mumkin emas. Mamlakatimizda Sosiologiyaning keyingi rivojlanishi va takomillashtirilishi jamiyatni chuqur o’rganish va anglash, jamiyat oldida turgan o’tish davrining murakkab muammolarini ancha samaraliroq yechishga imkon beradi.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin