«Sosiologiya» fanidan o’quv-uslubiymajmua tuzuvchi: dos. Jo’rayev L. N. dos. Yusupov R. K. kat o’qit. Sherov M. B. Samarqand – 2015



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə37/81
tarix10.02.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#123249
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   81
«Sosiologiya» fanidan o’quv-uslubiymajmua tuzuvchi dos. Jo’raye

3 - MAVZU. SOSIAL INSTITUTLAR


Reja:

  1. Sosiologiyada Sosial institut tushunchasi

  2. Sosial institutlar turlari

  3. Oila Sosial institut sifatida

  4. Talim Sosial institut sifatida

  5. Iqtisodiy guruhlar

  6. Din sosiomadaniy institut sifatida

Ijtimoiy amaliyot kishilik jamiyati uchun ijtimoiy munosabatlarning bazi turlarini mustahkamlash hayotiy zarurat ekanini, ularni muayyan jamiyat yoki muayyan ijtimoiy guruh azolari uchun majburiy qilish kerakligini ko’rsatmoqda. Bu, avvalo, shunday ijtimoiy munosabatlarga taalluqliki, ularga kirishgan ijtimoiy guruh azolari ushbu guruhning yaxlit ijtimoiy birlik sifatidagi muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun zarur bo’ladigan eng muhim ehtiyojlarini qondiradi. Xususan, moddiy boyliklarni takror ishlab chiqarishga bo’lgan ehtiyoj odamlarni ishlab chiqarish munosabatlarini mustahkamlash va saqlab turishga majbur qiladi; o’sib kelayotgan avlodni ijtimoiylashtirish va yoshlarni guruh madaniyati namunalari asosida tarbiyalash ehtiyoji oilaviy munosabatlarni, yoshlarga talim berish munosabatlarini mustahkamlash va saqlab turishga majbur etadi.


Yeng muhim ehtiyojlarni qondirishga yo’naltirilgan munosabatlarni mustahkamlash amaliyoti individlarga ijtimoiy munosabatlarda xatti-harakatlar qoidalarini ko’rsatib beruvchi rollar va mavqyelarning qatiy mustahkamlangan tizimini yaratish hamda ushbu axloq qoidalarini so’zsiz bajarishga erishish uchun ko’rsatmalar tizimini belgilashdan iborat.
Rollar, mavqyelar va ko’rsatmalar tizimlari Sosial institutlar ko’rinishida yaratilib, jamiyat uchun ijtimoiy aloqalarning eng murakkab va muhim ko’rinishlari hisoblanadi. Aynan Sosial institutlar tashkilotlardagi hamkorlikdagi faoliyatni qo’llab turadi, barqaror xulq namunalari, g’oyalari va rag’batlarini belgilaydi.
Institut” tushunchasi – Sosiologiya fanidagi markaziy tushunchalardan biri hisoblanadi, shuning uchun institusional aloqalarni o’rganish sosiologlar oldida turgan asosiy ilmiy vazifalardan biri hisoblanadi. Sosial institutlarning yig’indisi jamiyatning ijtimoiy tizimi deyiladi. U nafaqat institutlar bilan, balki ijtimoiy tashkilotlar, ijtimoiy o’zaro aloqa, ijtimoiy rollar bilan ham bog’langan. Bir so’z bilan aytganda, nima harakatlansa, ishlasa, harakat qilsa shular bilan bog’langan.
Sosial institut meyorlar va ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini tartibga soluvchi muassasalar yig’indisidan iborat. Uni boshqacha tariflasa ham bo’ladi: muayyan ijtimoiy ehtiyojni qondirish uchun mo’ljallangan rollar va mavqyelarning yig’indisi institut deyiladi.
Ko’rib turganimizday, institut – bu ijtimoiy sinf degani emas. Masalan, boylar sinfi yoki ijtimoiy guruh, aytaylik barcha nafaqaxo’rlar. Ular ham, bular ham – insonlar yig’indisi. Sosial institut – mexanizm yoki muassasalar yig’indisidir. Ammo elementlarning mexanik yig’indisi emas. Istalgan muassasaga yoki yaxshisi, ijtimoiy tashkilotga nazar tashlasak, u yerda aniq yo’lga qo’yilgan nazorat, rejalashtirish, hisob, xodimlar shtati, binolar va uskunalar, boshqaruv pog’onasini hamda na sinflarda, na demografik va professional guruhlarda uchramaydigan boshqa narsalarni ko’ramiz.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin