«Sosiologiya» fanidan o’quv-uslubiymajmua tuzuvchi: dos. Jo’rayev L. N. dos. Yusupov R. K. kat o’qit. Sherov M. B. Samarqand – 2015


Institutlashtirish va Sosial institutlarning rivojlanishi



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə39/81
tarix10.02.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#123249
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   81
«Sosiologiya» fanidan o’quv-uslubiymajmua tuzuvchi dos. Jo’raye

Institutlashtirish va Sosial institutlarning rivojlanishi. Sosial institutlar o’zaro ijtimoiy tasirining muhim shakli hisoblanadi. Sosial institutlar kategoriyasi B.Malinovskiy va A.Radkliff-Braun tomonidan batafsil ishlab chiqilgan: odamlarning faoliyati muayyan guruhlar tomonidan amalga oshiriladi hamda muayyan axloqiy va huquqiy qoidalar bo’yicha bajariladi. Ushbu «moslashish» institut deyiladi. Ijtimoiy hayotda institutlashtirishning o’rni va roli Sosial institutlarning o’rni va roli bilan belgilanadi. Jamiyatda institutlashtirish – bu shaxsning hayotdagi ijtimoiylashuvining o’zidir. Ularni jamiyat hayotining yo’llari tartibga solinishi, to’g’rilanishi kerakligi birlashtirib turadi. Sosiolog S.S.Frolovning fikricha, institutlashtirish – bu o’z-o’zidan yuzaga keladigan xulq-atvorning o’rniga kelishi kerak bo’lgan, jamiyatda muayyan ijtimoiy meyorlarni o’rnatish, ushbu jamiyat azolarining mavqye va rollarini belgilash orqali boshqarilishi va kerakli yo’lga yo’naltirilishi lozim bo’lgan, oldindan bashorat qilinadigan xulq-atvordir. U institutlashtirish bosqichlarini belgilab berdi:
1) yuzaga kelgan ehtiyojni qondirish uchun tashkillashtirilgan harakatlar zarur;
2) barcha uchun umumiy bo’lgan maqsadlar shakllantiriladi;
3) o’zaro ijtimoiy munosabatlar jarayonida muayyan meyor va qoidalar vujudga keladi;
4) shu qoida va meyorlar bilan bog’liq proseduralar yuzaga keladi;
5) topilgan meyor va qoidalar tasdiqlanadi, ular real hayotda qo’llaniladi, yani institutlashtirish jarayonining o’zi sodir bo’ladi;
6) belgilangan meyorlar bajarilmagan taqdirda sanksiyalar belgilanadi;
7) jamiyatda institutning barcha azolariga tegishli bo’lgan mavqye va rollar paydo bo’ladi.
S.S.Frolov, institutlashtirish jarayoni yakunlanishi bilan o’z qoida va meyorlariga ega mavqyeli-rolli tuzilma o’rnatiladi, u ko’pchilikning ehtiyojini qondiradi, - deydi. Bir qator shartlar mavjud bo’lib, ularni bajarishda ijtimoiy institutlarning to’g’ri va muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotganini ko’rish mumkin:
1) har bir institut uchun vazifalar va maqsadlar aniq belgilanishi shart;
2) institut faoliyati institutlashtirish vazifalarini bajaruvchi kishilarning shaxsiy manfaatlariga bog’liq bo’lmasligi kerak (xolis bo’lishi lozim);
3) har qanday institut guruh oldida o’z pozisiyalarini mustahkamlashga va ko’tarishga harakat qilishi lozim;
4) barcha Sosial institutlarning faoliyatini muvofiqlashtirish juda muhim.
Ushbu shartlarning bajarilishi katta ahamiyatga egadir, chunki Sosial institutlar qanday faoliyat yuritishi butun ijtimoiy hayotda aks etadi. Agar institutga misol bo’ladigan oilani ko’rib chiqadigan bo’lsak, bu qadimiy institutlardan biri ekanini bilamiz, ammo u bazida inqirozlarni ham boshidan kechirgan bo’lsa-da, hozir ham dolzarb hisoblanadi. Oilani institutlashtirish ayni paytda uning asosini davlat tomonidan ruxsat berilgan nikoh ittifoqi tashkil etishi bilan belgilanadi.
Institutlashtirish – bu shunday jarayonki, unda biror bir ijtimoiy ehtiyoj xususiy emas, balki umumijtimoiy sifatida anglana boshlanadi va uni amalga oshirish uchun jamiyatda alohida axloqiy meyorlar o’rnatiladi, kadrlar tayyorlanadi, zahiralar ajratiladi.
Institutlashtirishning samaradorligi qabul qilingan hamda institutlar, individlar faoliyatining ijtimoiy-madaniy konteksti hisoblangan qadriyat-meyorlar tizimi o’zaro uyg’un ishlash-ishlamasligi bilan belgilanadi.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin