«Sosiologiya» fanidan o’quv-uslubiymajmua tuzuvchi: dos. Jo’rayev L. N. dos. Yusupov R. K. kat o’qit. Sherov M. B. Samarqand – 2015



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə54/81
tarix10.02.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#123249
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   81
«Sosiologiya» fanidan o’quv-uslubiymajmua tuzuvchi dos. Jo’raye

Jamiyatning ijtimoiy tarkibiga tasir o’tkazuvchi eng muhim ko’rsatkichlar

1. Daromadlar taqsimlanishidagi o’zgarish.

2. Iqtisodiy maqom va profissional-talim saviyasi bilan bog’liq ijtimoiy qatlamlarning jamiyat qatlamlashuv tarkibida joylashish tarkibining o’zgarishi.

3. Ijtimoiy qatlamlashuvning quyi va yuqori qatlamlarida ijtimoiy harakatchanlik miqyoslarining o’zgarishi.

O’tish davrining dastlabki bosqichida sodir bo’layotgan o’zgarishlardan yutib chiqqanlarga nisbatan mag’lub bo’lganlar ko’proq bo’lib chiqadi. Shuning uchun jamiyatning ijtimoiy tabaqalashuvida sodir bo’luvchi moyillarni tushunish davlatning to’g’ri ijtimoiy siyosatini ishlab-chiqishining zaruriy shartidir8.

Jamiyatning ijtimoiy tarkibida ijtimoiy-sinfiy munosabatlar ham muhim o’rin tutadi. O’tgan davirda asosan, ikki sinf - ishchilar va dhqonlar sinfi va intelligensiya qatlami mavjud deb ko’rsatilib, jamiyat ijtimoiy tarkibidagi boshqa guruhlarning ahamiyati mutlaqo tilga olinmas edi.


Ijtimoiy tarkibda hududiy yo’nalish ham mavjud bo’lib, u mintaqaviy, viloyat, shahar, qishloq, mahalla kabi hududiy birikmalarni o’z ichiga oladi.Bu tarkibiy birlikda ayrim olingan hudud doirasida sosiologik tadqiqot olib borish talab qilinadi. So’ngi yillarda bu masalaga jiddiy qaralmoqda. Ayniqsa, shahar, qishloq, mahallaga oyid muammolarni o’rganish zaruriyati ortmoqda.
Hozirgi kunda respublikamizda «mahallalar faoliyati, olib borilayotgan ishlar ijobiy natijalar bermoqda «Mahallang - ota-onang» shiori ostida ko’pgina ishlar qilinmoqda. yoshlar tarbiyasida mahallaning o’rni katta ahamiyatga ega. Mahallachilik ananalarimiz keng rivojlanmoqda. Ko’pgina yangi-yangi mahallalar tashkil qilinmoqda. Mahallalarda «Guzar»lar tashkil qilinayapti. Har bir mahallani mahalla oqsoqollari boshqarmoqda.
Jamiyat ijtimoiy tarkibida har bir shaxs qaysi ijtimoiy guruhga va undagi hududiy, tarmoq va ijtimoiy mavqyei yo’nalishiga mansubligi bilan harakterlanadi. Bulardan tashqari yana shaxs jinsi, yosh jihati, oilaviy ahvoli, ijtimoiy kelib chiqishi, milliy mansubligi, malumoti, ilmiy darajasi kabi parametrlar bilan ham o’rganiladi.
Hozirgi bozor munosabatlariga o’tish davrining iqtisodiy qiyinchiliklari ijtimoiy guruh va ayrim shaxslar qanchalik moddiy imkoniyatga egaligi, jamg’arma mablag’i miqdori kabi tomonlarini o’rganishni ham talab etadi.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin