«Sosiologiya» fanidan o’quv-uslubiymajmua tuzuvchi: dos. Jo’rayev L. N. dos. Yusupov R. K. kat o’qit. Sherov M. B. Samarqand – 2015



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə55/81
tarix10.02.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#123249
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   81
«Sosiologiya» fanidan o’quv-uslubiymajmua tuzuvchi dos. Jo’raye

Sosial mobillik deb individ yoki guruh tomonidan jamiyat stratifikasion tizimida egallagan Sosial maqomini,statusini o’zgarishi,yani insonlarning Sosial ko’chishiga aytiladi.Mobillik inglizcha mobilite- «ko’chish», «safarbarlik» manosini anglatadi. « Sosial mobillik» termini Sosiologiyaga P.Sorokin tomonidan 1927 yilda kiritilgan.Sorokinga ko’ra, Sosial mobillikning 2 turi mavjud: vertikal va gorizontal Sosial mobillik.
Vertikal mobillik o’z o’rnida yuqoriga va pastga yo’naltirilgan bo’ladi.Yuqoriga yo’naltirilgan Sosial ko’tarilish,yuqoriga harakatni,pastga yo’naltirilgan- Sosial tushish,pastga harakatni anglatadi.
Gorizontal Sosial mobillik individning bir Sosial qatlamdan shu darajada joylashgan boshqa qatlamga o’tishini anglatadi. Mobillikning bu turi yashash joyi(migrasiya)ni,boshqa diniy guruhga(dinini o’zgartirishi va h.k.)bildiradi. Vertikal Sosial mobillik bir stratadan boshqasiga o’tishni nazarda tutadi. Vertikal Sosial mobillik hayot davomida insonning yuqori statusni quyiga, quyi statusni yuqori darajadagisiga almashishidir. M-n, vodoprovod tamirlovchisining korporasiya prezidenti darajasiga ko’tarilishi yoki teskari jarayon.
Sosial mobillik boshqa mezonlarga ko’ra klassifikasiya qilinishi mumkin.Masalan,individual va guruhiy mobillik.
Individual mobillik-individning gorizontal yoki vertikal chiziq bo’yicha yuqoriga va pastga ko’chishi boshqalarga bog’liq bo’lmagan holda sodir bo’ladi.
Guruhiy mobillikda ko’chishlar guruhiy,kollektiv holda sodir bo’ladi,u yoki bu strataning Sosial mavqyei o’zgaradi.M-n, Sosialistik revolyusiyadan keyin xokimiyatdagi sinf o’z vakolatlarini yangi sinfga bo’shatib beradi.Bularga ilm-fan revolyusiyalari,fuqarolar urushlari, to’ntarishlar,islohatlarni misol qilib olish mumkin.Individual mobillik omillariga kasbiy-prfessional zinapoyada ko’tarilish(malaka oshirish natijasida), talim darajasi,mamuriyatda egallagan o’rni,yani kasbiy karyera bilan bog’liq bo’lgan omillar kiradi.Individual mobillik siyosiy va tadbirkorlik faoliyati,armiyada, va boshqa davlat institutlaridagi faoliyati bilan ham bog’liq bo’lishi mumkin. Individual Sosial mobillik omillari-oilaning ijtimoiy maqomi,millat,talim darajasi,jismoniy va aqliy xususiyatlar,tashqi ko’rinish,tarbiya,yashash joyi va h.k. Individual Sosial mobillikning yuqoriga yo’naltirilgan turining eng samarali usuli-manfaatli nikohdir.
Sosiologiyada yana avlodlararo va avlodlar ichidagi Sosial mobillik ham farqlanadi. Avlodlararo mobillikda farzandlar o’z ota-onalaridan ko’ra yuqoriroq Sosial pozisiyani egallashadi yoki ularga nisbatan quyi pog’onaga tushib qoladi.Avlodlar ichidagi mobillik individning uning ota-onasining pozisiyasiga solishtirmasdan turib o’zining Sosial statusini o’zgartirishini anglatadi.Individ Sosial maqomini o’zgartirganda o’zi uchun yangi statusni o’zlashtirishi va bunga bog’liq bo’lgan o’zaro harakat va munosabatga,muloqatga kirish muammosi yuzaga keladi.Madaniy to’siq va munosabat,muloqat to’siqlarini buzib o’tish uchun individ oldingi hayot tarzini o’zgartirishi,o’zi uchun yangi statusning hatti-xarakatlari namunalarini shakllantirishi, ijtimoiy muhitini o’zgartirishi lozim.Ammo hayotiy tajribalar shuni ko’rsatadiki,barcha individlar ham bunday sosiomadaniy nazoratdan muvoffaqiyatli o’tib yangi stratada qulay joylasha olmaydi.Barcha obyektiv mezonlarga ko’ra yuqoriroq pog’onaga ko’tarilgan individ sosiomadaniy shart-sharoitlarga ko’ra yangi strataga kiruvchi eshik ortida qoladi,lekin u eski stratani tark etgan bo’ladi.Uning yangi holati ,yangicha tarzdagi hayot kechirishga intilishi va h.k. uni bu yerda «begona»ga aylantiradi.Individ 2 strata, 2 madaniyat orasida «osilib» qoladi.O’xshash xolat pastga yo’naltirilgan vertikal mobillikda ham sodir bo’lishi mumkin.Jamiyatning yuqori qatlamlarida bo’lish imkoniyatini yo’qotgan, Sosial iyerarxiyaning quyi pog’onasiga tushib qolgan inson yangi holatiga,yangi hayot tarziga moslashishga qiynaladi.Individ yoki Sosial guruhning Sosial ko’chish oqibatida 2 Sosial birlik,2 madaniyat orasida bo’lish fenomeni marginallik deb ataladi. Individlar marginallashuvi ko’pincha gorizontal mobillik natijasida (avvalo, migrasiya, emigrasiya,shaxardan qishloqqa,qishloqdan shaharga)sodir bo’ladi.
Sosiologiya fani tizimida Sosial munosabatlar juda muhim o’rin tutadi. Chunki u orqali jamiyat azolari bir-birlari bilan malum bir muomala va ijtimoiy hamkorlikka intiladilar. Sosiologiya dagi bu maxsus soha o’zining o’ta dolzarbligi va muhimligi bilan boshqa muammo va masalalardan ajralib tursada, u hali mutaxassislar tomonidan to’liq ilmiy va sistemali ravishda o’rganilmagan hamda ilmiy adabiyotlarda yetarli darajada yoritilmagan. Bu salbiy yo’lning asosiy sabablaridan birinchisi, avvalo, sobiq Ittifoq falsafiy – sosiologik adabiyotlarida bu masalaning bir yoqlama talqin qilinganligi bo’lsa, ikkinchisi esa, ilg’or g’arb ijtimoiy adabiyotlarining, bu sohasi bo’yicha to’liq tadqiqot malumotlarining bizda yo’qligidir.
Munosabatlar ijtimoiy munosabatlarning bir xususiy ko’rinishi deb talqin qilinadi. Mavjud adabiyotlarni chuqurroq tahlil qilinadigan bo’lsa, shunday xulosaga kelish mumkinki, yuqorida ko’rsatilgan fikrlarda qimmatli asoslar borligini bilsa bo’ladi.
Sosial munosabatlar tushunchasi ko’pgina adabiyotlarda 2 xil darajada: keng va tor manoda talqin qilingan. Keng manoda tushunish – Sosial munosabatlarni butun bir ijtimoiy munosabatlar tizimi bilan tenglashtirishdir va ular orasidagi farqlarga ko’p etibor bermaslik bilan bog’liqdir.
Tor manoda Sosial munosabatlar ijtimoiy munosabatlarning bir muhim elementi va turi deb interpretasiya qilinadi. Sosial munosabatlar keng manoda quyidagicha tarif bilan belgilangan9.
Sosial munosabatlar – bu, tabiat hodisalaridan o’laroq bo’lib, unda ijtimoiy munosabatlarning butun bir tizimi mujassamlashgandir.
Albatta, bu ijtimoiy fikrlar vujudga kelgandan beri ancha vaqtlar o’tdi, yangi jug’rofiy-siyosiy maqomlar paydo bo’ldi. eng muhimi esa, totalitar tuzum barham topib, yangi davlatlar vujudga keldi, yangi jamiyatda bir partiyaviylik hukmronligi yemirildi va mustaqil suveren davlatlar barpo bo’ldilar. endi esa jamiyatdagi jarayonlarni, jumladan, Sosial munosabatlar muammolarini keng plyuralistik prinsip orqali tadqiq qilish davri keldi. Bu tamoyil orqali, Sosial munosabatlarning muammo va vazifalarini turlicha tahlil qilish imkoniyati tug’ildi. Ushbu ijobiy imkoniyatlarning hosili sifatida respublikamizda Sosial munosabat muammolari jahon ilmiy tafakkurining harxil yo’nalish natijalari asosida tadqiq qilinayotganligini ajratib ko’rsatish mumkin.
Xulosa qilib aytganda, Sosial munosabatlar muammosini yangi, yuqori ilmiy darajada tadqiq qilish imkoniyatlari vujudga keldi. endi bu muammoni konkret sosiologik tadqiqot bilan o’rganish joizdir. Chunki Sosiologiya nafaqat bu muammonigina emas, balki butun ijtimoiy hayot jarayonlarni keng qamrovda kompleks xarakterda va amaliy natijalar asosida chuqur tadqiqot qiladi.



Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin