«Sosiologiya» fanidan o’quv-uslubiymajmua tuzuvchi: dos. Jo’rayev L. N. dos. Yusupov R. K. kat o’qit. Sherov M. B. Samarqand – 2015



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə56/81
tarix10.02.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#123249
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   81
«Sosiologiya» fanidan o’quv-uslubiymajmua tuzuvchi dos. Jo’raye

Qisqacha xulosalar:

Hozirda ijtimoiy munosabatlarda jamiyatimiz uchun mutlaqo yangi bo’lgan asoslar yaratilmoqda. Xususiy mulkchilikka asoslangan ko’p ukladli, dunyo sari ochiq yuz tutgan iqtisodiyot paydo bo’layapti. Shuning uchun ham yangi iqtisodiy va taqsimot munosabatlari Sosiologiyasini ishlab chiqish Sosiologiya fanining asosiy vazifalaridan biri bo’lib qolmoqda.


Respublikaning asta-sekin bozor munosabatlariga o’tib borish davrida Prezident I.A.Karimov tomonidan belgilangan besh tamoyilga asoslangan tarzda siyosat yurgizilmoqda. Stratifikasiya Sosiologiyaning asosiy tushunchalaridan biri sifatida jamiyatning ijtimoiy tarkibi, ijtimoiy guruhlari va ularni tabaqalanishi belgilari tizimini o’zida aks ettiradi. Hozirgi zamon stratifikasion yondashuvining nazariyotchilari ijtimoiy guruhlarning ishlab chiqarishdagi ishtiroki, jamiyatning asosan mulkka bo’lgan munosabat asosida tabaqalashuvi xususidagi marksistik yondashuvini inkor etib jamiyat, malumot, ruhiyat, maishiy shart sharoitlar, bandlik darajasi, daromad ko’lamlari va boshqa belgilarga ko’ra tabaqalanishini asoslab beradilar. Ular yuqoridagi belgilarga ko’ra ajraluvchi ijtimoiy guruhlardan tashqari, yuqori tabaqa, o’rta tabaqa va quyi tabaqa doimiy amal etishini takidlaydilar.
Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish (siyosati) munosabati bilan, O’zbekistonda mulkchilik turli shakllarining joriy qilinishi va ularning davlat himoyasiga olinishi taqsimot munosabatlarida tubdan o’zgarishlarga olib kelmoqda. Bu esa o’z navbatida jamiyat iqtisodiy rivojlanishini taminlashga xizmat qilmoqda.


Tayanch iboralar

Ijtimoiy strata, jamiyat azolarining mulki, kasb, irq, millat,jins, hudud, mayl, maqsadlar, didlar asosida bo’lingan alohida uyushmasi,konsensus, murosa, olamiy uyg’unlik, yaxlit bir butunlik, Sosial mobillik, strukturaviy Sosial mobillik, emigrasiya va migrasiya, gorizontal Sosial mobillik, individual mobillik, mehnat va iqtisodiy migrasiya, tabaqalashuv.





Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin