O’zbekistonning hozirgi Sosial taraqqiyoti va o’sish holati Istiqlolimizning mashaqqatli, fidokorona mehnat bilan 11 yili ortda qoldi.
Bu yillar boy imkoniyatlarga ega bo’lgan, respublika va uning aholisini tang holatdan, moddiy va manaviy inqirozdan chiqarish, milliy davlatimiz poydevorini qurish, iqtisodiyotimizni sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarish yillari bo’ldi.
O’zbekistonni jahonga nomoyon qilish, axborot va iqtisodiy jihatdan chetlashtirish hollariga barham berish, jahon hamjamiyatining boshqa mamlakatlari qatorida teng bo’lib olish sari intilish yillari bo’ldi.
Hayotning, jamiyatning asosiy tamoyillarini va davlatning siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy tuzilmalarini hal qiluvchi, umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan, erkin demokratik kelajakni aniq belgilab bargan Asosiy +onun, Konstitusiya qabul qilindi.
O’zbekiston tanlab olgan yo’l – respublika va uning xalqining manfaatlariga nihoyatda mos keladigan, ijtimoiy jihatdan yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan iqtisoddir.
Chuqur o’zgarishlar bizning hayotimizga shiddat bilan kirib bormoqda. Sodir bo’layotgan tub siljishlar dunyoning hozirgi qiyofasini o’zgartirib yubormoqda.
O’zbekistonning davlat mustaqilligini amalda nomoyon qiladigan va ro’yobga chiqaradigan tashkiliy tuzilmalarni shakllantirish jarayoni davom etmoqda. Bank tizimi qayta tashkil qilinmoqda. Mustaqil milliy aviakompaniya, axborot agentligi, kinokompaniya, va boshqa umumdavlat xizmatlari ishlab turibdi.
O’zbek xalqining mustaqillikka bo’lgan intilishini jahon hamjamiyati, xalqaro jamoatchilik qullab-quvvatladi. Dunyodagi 125 mamlakat O’zbekistonning Davlat mustaqilligini tan oldi. 40 dan ziyod xorijiy mamlakatlar bilan diplomatik munosabatlari o’rnatildi.
Tarixda ilk bor, 1992 yilning 2 martida O’zbekiston xalqaro huquqning teng huquqli subyekti sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga azo qilib qabul qilindi. Respublikani haqiqatan ham, uning milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda, xalqning azaliy turmush tarzi, ananalari, urf-odatlari va ko’nikmalarini, mavjud beqiyos tabiiy boyliklarini har tomonlama hisobga olib, yuksaltirish amalda mumkin bo’lib qoldi. Hozir O’zbekiston tarixiy chorraxada turibdi. Avvalo, O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov Respublikani milliy davlat, ijtimoiy-iqtisodiy va manaviy kamol toptiruvchi o’z taraqqiyot yo’lini ishlab chiqdi. Respublikada hozir yashab turganlarning taqdirigina emas, balki ularning farzandlari, nabiralarining ham taqdiri, kelajak avlodlarning taqdiri ham shunga bog’liq bo’ladi. Respublika tang holatlarni ayni darajada tezroq bartaraf etish, yakkahokimlik tizimining illatlarini batamom tugatish, rivojlangan madaniyatli mamlakatlar darajasiga chiqib olish shu narsa bilan ham belgilanmoqda.
Barqaror bozor iqtisodiyoti, ochiq tashqi siyosatga asoslangan kuchli demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish pirovard maqsad bo’lib qolmoqda. Shunday jamiyatgina O’zbekiston xalqining munosib turmushini, uning huquqlari va erkinligini kafolatlashi, milliy ananalar va madaniyatning qayta tiklanishini, shaxs sifatida insonning manaviy-axloqiy kamol topishini taminlashi mumkin.
Jahon va o’zimizning amaliyotimizdan olingan barcha umuminsoniy va milliy qadriyatlarni tajribalarni rad etmagan holda, o’z ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot yo’limizni tanlab olish respublikaning qatiy pozisiyasidir.
O’zbekistonning chinakam mustaqilligiga erishishidan iborat o’z yo’li aholining milliy-tarixiy turmush va tafakkur tarzidan, xalq ananalari va urf-odatlaridan kelib chiqadi. Chuqur ildizi o’tmishdagi ananaviy jamoa turmush tarziga borib taqaladigan jamoatchilik, mahalla asoslari O’zbekistonga xosdir. Kattalarni hurmat qilish, oila va farzandlar to’g’risida g’amxo’rlik qilish, ochiq ko’ngillilik, millatidan qatiy nazar odamlarga xayrixohlik bilan munosabatda bo’lish, o’zgalar kulfatiga hamdard bo’lish va o’zaro yordam tuyg’usi kishilar o’rtasidagi munosabatlarning meyori hisoblanadi.
Ijtimoiy taraqqiyotning asoslari va yo’nalishlari xususida so’z ketar ekan, avvalo huquqiy, iqtisodiy, siyosiy va manaviy negizlarga alohida etibor bermoq kerak.
Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g’amxo’rlik qiladi16. (42-modda).
O’zbekiston Respublikasining siyosiy va iqtisodiy mustaqilligini himoya qilish imkonini beradigan yetarli salohiyatga ega. Yer bag’rining g’oyat qimmatli mineral xom-ashyolarga boyligi chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, respublikaning jahon bozoriga chiqishini taminlaydigan tarmoqlarni rivojlantirish imkonini bermoqda.
O’zbekistonni yangilash va rivojlantirishning o’z yo’li 4 ta asosiy negizga asoslanadi. Bu negizlar:
- umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
- xalqimizning manaviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
- insonning o’z imkoniyatlarini erkin nomoyon qilishi;
- vatanparvarlik17.
Davlat ramzlari – bayroq, tamg’a, madhiya O’zbekiston xalqlarining shon-sharafi, g’ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o’zida mujassamlashtiradi. Mana shu ramzlarni ezozlash – o’zining qadr-qimmatini, o’z mamlakatiga va shaxsan o’ziga bo’lgan ishonchni mustahkamlash demakdir. Islohotlar strategiyasini amalga oshirishda biz uchun quyidagilar uzluksiz ustuvor yo’nalishlar hisoblanadi:
- talim va madaniyatni rivojlantirish hamda isloh qilish;
- aqliy va manaviy salohiyatni mustahkamlash;
- aholini ijtimoiy himoya qilish.
Chuqur islohotlarni amalga oshirish, bozor iqtisodiyotiga o’tish, birinchi navbatda, kadrlar potensialiga, ularning kasb jihatdan tayyorgarligiga bog’liq bo’ladi.
Moddiy islohotlar, iqtisodiy islohotlar – o’z yo’liga, – degan edi Prezidentimiz Islom Karimov. – Ularni hal etish mumkin, xalqning taminotini ham amallab turish mumkin. Ammo, manaviy islohotlar – qullik va mutelik iskanjasidan ozod bo’lish, qaddini baland tutish, ota-bobolarimizning udumlarini tiklab, ularga munosib voris bo’lish – bundan og’irroq va bundan sharafliroq vazifa yo’q bu dunyoda! Shu boisdan «hayotimizning boshqa sohalaridagi ahvol, amalga oshirilayotgan islohotlarimizning samaradorligi avvalo xalq manaviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning keng o’rganilishi, annalarimizning saqlanishi va madaniyat va sanat, fan va talim rivoji bilan bog’liqdir»18.
O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 27 iyuldagi hisobot majlisida “Tadbirkorlik – yuksalish garovi” – mavzusida nutq so’zlab, O’zbekistonning 1999 yil 1 iyuliga qadar bo’lgan Sosial-iqtisodiy o’sish suratlarini mufassal tarzda yoritib, yutuqlar va kamchiliklarga alohida etiborni qaratdi. Kelgusi ishlar rejalari to’g’risida yo’l-yo’riqlar ko’rsatib o’tdi. +uyida ana shu ko’rsatkichlardan ayrimlari ilova etiladi.