«Sosiologiya» fanidan o’quv-uslubiymajmua tuzuvchi: dos. Jo’rayev L. N. dos. Yusupov R. K. kat o’qit. Sherov M. B. Samarqand – 2015


Yempirik sosiologik tadqiqot nima?



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə71/81
tarix10.02.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#123249
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   81
«Sosiologiya» fanidan o’quv-uslubiymajmua tuzuvchi dos. Jo’raye

Yempirik sosiologik tadqiqot nima?
Sosiologiya fanini empirik sosiologik tadqiqot jarayonisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. empirik so’zi qadimiy yunoncha bo’lib, tajriba manosini anglatadi. empirik sosiologik tadqiqot deganda, yangi dastur va uslubiyat bilan amaliy asosda ijtimoiy hayot hodisa va jarayonlar to’g’risida olingan empirik malumotlarni tahlil qilish, umumlashtirish asosida zarur amaliy takliflar, tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. empirik sosiologik tadqiqotda ijtimoiy faktlarni izlash, tasnif qilish, to’plash muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy fakt deganda, ilmiy asoslangan, muayyan vaqt davomida real ijtimoiy voqyelikning alohida jihatlarini tasnif qilish orqali olingan malumotlarga aytiladi.
Hozirgi bozor munosabatlariga o’tish jarayonida jamiyatda ro’y berayotgan muhim o’zgarishlarni, kishilar o’rtasidagi munosabatlarni amaliy sosiologik tadqiqotlarsiz ilmiy asosda o’rganib bo’lmaydi. Jamiyatni ilmiy boshqarish doimo amaliy sosiologik tadqiqot natijalariga tayanmog’i zarur. Mavjud ijtimoiy muammolarni hal etib borishda, jamiyatning ijtimoiy rivojlanishida va unga rejali prognoz berish bilan uni ilmiy asosda boshqarishda amaliy sosiologik tadqiqot natijalari muhim vazifalarni bajaradi.
Sosiologik tadqiqotlarning sifat darajasini va samaradorligini oshirish uchun empirik malumotlarning ishonchli ekanligini, ilmiy asoslanganligini taminlash uchun uning metodologik asosiga alohida etibor qaratilmog’i lozim. Ushbu bo’limda amaliy sosiologik tadqiqot ishlari olib borishning metodologiyasi, uslubiyati, asosiy usul va vositalari xususida to’xtalib o’tamiz.
Amaliy sosiologik tadqiqot jarayonini 4 asosiy bosqichga bo’lib qo’rsatish mumkin. Bu bosqichlarning har biri o’ziga xos xususiyatlarga va muhim jihatlarga egadir. Bular quyidagilardan iborat:
1. BOSQICh. Sosiologik tadqiqotni tayyorlash va tashkil qilish:

  1. Amaliy sosiologik vazifani belgilash va tadqiqot predmetini tanlash.

  2. Sosiologik tadqiqot o’tkazish bo’yicha byurtma qabul qilish va uni o’tkazish bo’yicha shartnoma to’zish.

  3. Bajariladigan ishlar bo’yicha kalendar reja, texnik vazifalarni va byudjet (sarf qilinadigan xarajatlar smetasini) tuzish.

  4. Dastur ishlab chiqish.

  5. Tadqiqot uslubiyati, texnikalarni va vositalarini ishlab chiqish.



2. BOSKICh. Asosiy bosqich bo’lib, amaliy tadqiqot ishlari olib borish jarayonini o’z ichiga oladi:

  1. Sosiologik tadqiqot tanlovini o’tkazish.

  2. Pilotaj.

  3. Dastlabki sosiologik malumotlarni yigish.

  4. Yempirik malumotlarning sifat va aniqlik darajasini nazorat qilish.



3. BOSKICh. empirik malumotlarni qayta ishlash:

  1. Olingan empirik malumotlarni guruhlarga ajratish.

  2. Taqsimiy jadval tuzish.

  3. Yempirik malumotlarni kompyuterga kiritish va modellashtirish.



4. BOSKICh. Yakunlovchi bosqich bo’lib olingan malumotlarni tahlil qilish, umumlashtirish, ulardan ilmiy xulosalar chiqarish va amaliy takliflar, tavsiyalar ishlab chiqishni o’z ichiga oladi:

  1. Tadqiqot malumotlarning dastlabki tasnifi va nazariy jihatidan fahmlamoq.

  2. Ilmiy-nazariy xulosalar, muayyan ilmiy-amaliy takliflar, tavsiyalar va tadbirlar ishlab chiqish.

  3. Berilgan vazifa bo’yicha ilmiy matnlar, hisobotlar tayyorlash.

Germaniyalik sosiologlar amaliy sosiologik tadqiqotlarni 3 bosqichdan iborat deb qo’rsatadilar.


1. Asosiy bosqich: amaliy tadqiqotni tayyorlash va tashkil etish bosqichi. Bu bosqichda 4 ta vazifa bajariladi:

  1. Yempirik tadqiqot maqsadini aniqlash va belgilash.

  2. Yempirik tadqiqot g’oyasini ishlab chiqish.

  3. Yempirik tadqiqot jarayonini tashkil etish.

  4. Analitik muolaja tayyorlash.



Ikkinchi bosqich: Asosiy bosqich: empirik tadqiqot va eksperiment o’tkazish.
Uchinchi bosqich: Olingan empirik malumotlarni qayta ishlash va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish. Bu bosqichda 3 ta vazifa bajariladi:
3.1. Olingan empirik tadqiqot natijalarini statistik qayta ishlash.
3.2. Nazariy jihatdan qayta ishlash.
3.3. Olingan natijalarni amaliyotda qo’llash.

Har qanday tadqiqot biron-bir muammoning qo’yilishidan boshlanadi. Bunday muammo tashqaridan, buyurtmachi tomonidan berilishi yoki jamiyat hayotida o’zining ilmiy yechimini kutayotgan muammo bo’lishi mumkin. Shulardan kelib chiqib, sosiologik tadqiqotlarni tashkil qilishning asosiy shakllari: davlat buyurtmasi asosida, xo’jalik shartnomasi asosida, jamoatchilik va aralash tartibda bo’lishi mumkin.


S
Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin