So‘z yasalishi (derivatsiya). So‘z yasalishi haqida ma’lumot reja



Yüklə 26,75 Kb.
səhifə4/5
tarix05.10.2023
ölçüsü26,75 Kb.
#129710
1   2   3   4   5
Derivatsiya

175-mashq. Amir Temurning “Temur tuzuklari”dan olingan hikmatli 
so‘zlarni o‘qing, ulardagi g‘oya haqida suhbatlashing. Yasama so‘zlarni 
topib, izohlang. 
 
Tajribamda ko‘rilgankim, azmi qat’iy, tadbirkor, hushyor, mard, shijoatli bir
kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshiroqdir. Chunki, tajribali bir kishi
minglab kishiga ish buyuradi.

176-mashq. So‘zlar ishtirokida gaplar tuzing, qo‘shimchalar qo‘shilishi 
bilan so‘z ma’nolarida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga diqqat qiling. 

SAMIMIY [arabcha – toza, asl; haqiqiy] 1 Sidqidillik bilan, chin qalbdan,
yurakdan qilingan, aytilgan; yurakdan, dildan chiqqan. 2 Samimiyat bilan ish
tutuvchi; sofko‘ngil; pok, toza.
SAMIMIYLASHMOQ Tobora samimiy bo‘lmoq, samimiyligi orta bormoq,
samimiylik kasb etmoq.
SAMIMIYLIK Samimiy munosabatda bo‘lishlik
SAMIMIYAT [arabcha – tozalik, soflik; chinlik, to‘g‘rilik] Chin ko‘ngildan,
beg‘araz, sidqidillik bilan qilingan xatti-harakat; samimiylik.
SAMIMIYATSIZ Samimiylikni bilmaydigan, riyokor, munofiq, soxta,
qalbaki.
SAMIMIYATSIZLIK Samimiy emaslik, samimiyati yo‘qlik; riyokorlik,
soxtalik.

177-mashq. Gaplarda berilgan paxtakor, bunyodkor, san’atkor, sportchi, 
yozuvchi so‘zlariga ta’rif bering. Yasama so‘zlarni izohlang.

1. Qutlug‘ bayramga butun yurt ahli: bunyodkor va san’atkor, paxtakor va


g‘allakor, olim va muallim, ishchi va xizmatchi, uchuvchi va sportchi, adib va
jurnalist – hamma-hamma katta tayyorgarlik ko‘rayotir. 2. Yozuvchilar uyushmasi
bayram oldidan sara she’riy, nasriy, dramatik, tanqidchilik, publitsistik, tarjimaviy
asarlardan iborat salmoqli to‘plamlar chiqarmoqchi. 3. Samolyotlar yuklab kelgan
yuklarni kerakli manzilga eltuvchi va mahsulotlarni uchoqlarga yetkazib

berayotgan bahaybat mashinalarga ko‘zingiz tushadi. 4. Yo‘ldan chetda pishiq


g‘ishtdan ishlangan katta sardoba, zinalardan tushib tomosha qiladigan
yo‘lovchilarga suvning salqini uradi. 5. Inglizcha, ruscha biladigan ishchilar ham
ancha ekan. S.Umirov)


Yüklə 26,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin