Spitamenning yunon-makedon istilochilariga qarshi bosh ko‘tarishi. Reja


M.a. 329- yildagi Politimet daryosi bo‘yidagi jang



Yüklə 1,59 Mb.
səhifə3/4
tarix02.12.2023
ölçüsü1,59 Mb.
#137075
1   2   3   4
Spitamenning Yunon-Makedon istilochilariga qarshi bosh ko‘tarishi.

M.a. 329- yildagi Politimet daryosi bo‘yidagi jang. Bosqinchilar Maroqandaga harakatni davom ettirdilar. Spitamen vaziyatni to‘g‘ri baholadi, jangga kirishmadi, Maroqanda qamalini echib, saklar bilan birlashish uchun chekindi. Unga makedoniyaliklarning kichik bir otryadi yetib olishga harakat qilib ko‘rdi (21-rasm).


  1. rasm. M.a. 329- yildagi Politimet daryosi bo‘yidagi jang

Spitamen jiddiy jangga kirishmay vaqti­vaqti bilan makedoniyaliklarga hujumni amalga oshira boshladi. Bu xol makedoniyaliklarni chekinishni boshlashga majbur etdi. Dushmanning kamon o‘qlaridan kam talofat ko‘rish uchun Makedoniya otryadi Politimet (Zarafshon) daryosi bo‘ylaridagi butazorlarda to‘xtadi va shu yerdan jang boshlandi.


Makedoniyaliklar daryoni kechib o‘ta boshladilar. Spitamenning kamonchilari daryoni kechib o‘tayotgan dushmanni ro‘paradan kamonlar yordamida qirib tashlay boshladilar. Shu bilan bir vaqtda Spitamenning otliqlari daryoga tashlandilar va daryoning o‘rtasidagi orollarning birida yashirinishga harakat qilgan dushmanning qanotlariga hujum qildilar.

Spitamen otryadi makedoniyaliklarni tom ma’noda kamonlardan tor­mor etdi. Makedoniyaliklarning bir qismi saklar tomonidan yaratilgan pistirmaga tushdi. Bunda makedoniyaliklarning hamma harbiy boshliqlari o‘ldirildi, faqatgina 40 otliq va 300 piyoda jangchilar qochishga ulgurdilar.


Spitamenning harakatchan otliq otryadi, jangga kirishmasdan, dushmanni tuzoqlarga kirishga majbur qilib, pistirmalar uyushtirib, Makedoniya armiyasining yirik otryadini tor­mor etdi.
Iskandar o‘z otryadiga yordam ko‘rsatish uchun katta kuch tashladi, bu kuchlar uch kun mobaynida 280 km yo‘l bosib kelganiga qaramay ancha kechikdi.
Makedoniya qo‘shinlari halok bo‘lganlarni dafn etdi va saklar hududiga ichkarilab ketishdan xayiqib Baqtriyaga qaytdi. Butun qish davomida Makedoniya armiyasi yangi kompaniyaga tayyorgarlik ko‘rdi va shu bilan birga, Baqtriya va So‘g‘diyonaning qo‘zg‘olon ko‘targan xalqlari bilan kurashni davom ettirdi.
Iskandar Sharqqa yurishni boshlaganida, u hali ham o‘zining ustozi Arastuning (Arestotelning), «varvar va qul tabiatan ikkalasi bir xil» ­degan o‘gitlariga ishonar edi. Lekin, Iskandarning o‘ziga noma’lum bo‘lgan uzoq yurtda ko‘rganlari, uning «varvarlar» to‘g‘risidagi tushunchasini tubdan o‘zgartirib yubordi. Bu yerda u qullarcha ta’zim va erksizlikni emas, varvarlik va nodonlikni emas, balki matonat va yuqori insoniy qadr­qimmatni ko‘rdi.
Spitamen bir kun ham dushmanni tinch qo‘ymadi Uning uchqur otliq otryadlari bosqinchilarga hujum qilib, unga sezilarli talofatlar yetkazdilar.
M.a. 328- yilning baxorida Iskandar o‘z armiyasini besh qismga bo‘ldi, So‘g‘dning u chekkasidan bu chekkasigacha harakatlanib, 120 ming kishini qirib tashladi. Shu yilning kuzida Spitamenning Iskandar bilan Maroqanda uchun oxirgi jangi bo‘lib o‘tdi. Bu jangda ikkala tomon ham katta talofatlar ko‘rdi. Spitamen yana cho‘lga chekindi. Bu yerda ko‘chmanchi qabilalarning raxbarlari sotqinlarcha unga hujum qildilar va Arrianning yozishicha, -«uning boshini tanasidan judo qilib Iskandarga yubordilar, shu bilan o‘zlariga tahdid solib turgan xavfni bartaraf etdilar».
Ahmoniylar dunyosini zabt etgan Iskandar So‘g‘diyonada xalq qo‘zg‘olonini oxirigacha bostira olmadi. Faqatgina mahalliy zodagonlarning xoinligi va yunon­makedon armiyasining harbiy ustunligi tufayli so‘g‘dlarning qaxramonona qarshiligi bostirildi. O‘rta Osiyo yerlarini zabt etish uchun Iskandarning qariyib uch yil vaqti ketdi, lekin shunga qaramay u o‘ziga uncha katta bo‘lmagan hududni: So‘g‘d, Baqtriya va tog‘ viloyatlarining kichik qismini bo‘ysundira oldi. Xorazm va ko‘chmanchi qabilalar o‘z mustaqilliklarini saqlab qoldilar.
Mahalliy zodagonlarni o‘z tomoniga og‘dirib olish uchun Iskandar, So‘g‘dning tog‘ viloyatlaridan birining hukmdori Vaxshuvarning (Oksiartning) qizi Roxshanakka (Roksanaga) uylandi.
Spitamenning qo‘zg‘oloni qiyinchilik bilan bostirildi, lekin hali ham Paretakena (paretaklar mamlakati-Surxondaryoning shimoliy hududidagi tarixiy viloyat) qarshilik ko‘rsatayotgan edi, bu yerda qabila boshliqlari Avstan va Katan raxbarligida baqtriyaliklar qaxramonona jang qilayotgan edilar. Bu qo‘zg‘olon qonga botirildi. Makedoniyalik Iskandar uchun g‘alaba qimmatga tushdi va mag‘lubiyat bilan teng bo‘ldi. Sirdaryoga yetib kelib u saklar bilan hujumni davom ettirishga botina olmadi.
Spitamen, Avstan, Katan singari iste’dodli sarkardalari, jang olib borish qobiliyati yuqori bo‘lgan otliq otryadlari bo‘lgan ajdodlarimizning matonatlari, makedoniyaliklarni Baqtriya va So‘g‘diyonani bosib olish uchun ko‘p kuch va vaqt sarflashga majbur etdi. Makedoniya armiyasi katta talofatlar ko‘rdi. Iskandarning o‘zi bir necha marta yarador bo‘ldi.




  1. Yüklə 1,59 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin