Spontan va majburiy nurlanish yorug'likning yutilishi


B olsman taqsimotiga bo'ysunadi



Yüklə 59,38 Kb.
səhifə2/4
tarix02.12.2023
ölçüsü59,38 Kb.
#137213
1   2   3   4
Spontan va majburiy nurlanish

B olsman taqsimotiga bo'ysunadi
Eynshteyn atomdagi kvant o'tishlarni extimollik xarakteridan kelib chiqib atomning nur sochish va yutishini tushuntirib berdi. Nurlanishning ehtimollik xarakterda bo'lishi Plank tomonidan uni uzlukli jarayon sifatida qaralayotgandayoq aniq bo'lgan edi.Eynshteyn yorug'lik sochishi yoki yutishi mumkin bo'lgan muvozanatli atomlar to'plami bilan nurlanishning o'zaro ta'siri masalasini ko'rib chiqdi (rasmda). Agar soddalashtirishmaqsadida atomlarda faqat ikkita energetik sath bor desak, nurlanish chastotasi uchun
12  (W2 W1 )/h
bo'ladi. Atomlarning nurlanishi bilan o'zaro ta'sirining 3 xil asosiy jarayoni bor. Birinchi jarayonda atom o'z-o'zidan foton sochib, W2 yuqori energiyali sathdan W1quyi energiyali sathga o'tadi, atomning bunday nurlanishiga spontan nurlanish deyiladi. Atomning spontan nurlanishi hech qanday tashqi ta'sirlarga bog'liq emas va uni boshqarib ham bo'lmaydi. Bu jarayon xuddi radiaktiv elementlar yadrolarining yemirilishiga o'xshaydi. Spontan nurlanish aniq ifodalangan tasodifiy xarakteriga ega, bu nurlanish vaqtini va nurlanish yo'nalishini tasodifiyligida namoyon bo'ladi. Ikkinchisi atomning majburiy (induksiyalangan) nurlanishidir. Bu nurlanish chastotasi 12 bo'lgan nurlanish ta'sirida sodir bo'ladi. Energiyasi h12 bo'lgan foton atomni energiyasi W2 bo'lgan yuqori energetik sathdan energiyasi E1 bo'lgan quyi sathga o'tishiga ta'sir ko'rsatadi. Bunday kvant o'tish jarayonida energiyasi h12 bo'lgan yana bir foton hosil bo'ladi. Hosil bo'lgan foton barcha parametrlari bilan tushayotgan fotonga aynan o'xshaydi. Bu jarayonning ehtimolligi tushayotgan nurlanishning zichligiga proporsionaldir.
Uchinchi jarayon atomlarning nur yutish jarayonidir. Bu jarayonning ehtimolligi ham tushayotgan elektromagnit nurlanishning zichligiga bog'liqdir.



Yüklə 59,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin