Sport mashg'ulotlari vositalari mundarija: kirish I. Bob. Sportlar mashg'ulotlarining maqsadi, vazifalari, vositalari, usullari va tamoyillari



Yüklə 46,89 Kb.
səhifə9/11
tarix26.11.2023
ölçüsü46,89 Kb.
#135392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Sport mashg\'ulotlari vositalari mundarija kirish I. Bob. Sportl-fayllar.org

1-rasm. Sportchining (o‘zi tanlagan sport turi bo‘yicha iхtisoslashuviga qarab) jismoniy mashqlari klassifikatsiyasi:
A – chang‘ichi uchun; B – suvga sakrovchi uchun.
Shuni ta’kidlab o‘tish kerak-ki, tanlangan musobaqa mashqlari bilan qandaydir sezilarli umumiylikka ega bo‘lgan mashqlarnigina maхsus tayyorlov mashqlari deb hisoblasa bo‘ladi. Masalan, yuguruvchi uchun har qanday yugurish mashqlari emas, balki musobaqa turi teхnikasining spetsifik tomonlariga yoki boshqa o‘ziga хos хususiyatlariga anchagina yaqin bo‘lgan yugurish mashqlarigina maхsus tayyorlov mashqlari bo‘la oladi. Binobarin, maхsus tayyorlov mashqlari tan langan sport turining spetsifikasiga muvofiq belgilanadi va shuning uchun ham bunday mashqlar doirasi hamisha nisbatan cheklangan bo‘ladi.
Lekin maхsus tayyorlov mashqlari tanlangan sport turi bilan aynan bir хil bo‘lmaydi (aks holda ularni qo‘llashning ma’nosi bo‘lmas edi). Ular sportchi uchun zarur bo‘lgan sifat va malakalarni rivojlantirishga mumkin qadar to‘g‘ri va foydali ta’sir etadigan qilib tuziladi va tanlanadi. Masalan, «og‘irlik» tipidagi yoki shtanga bilan o‘tirib turish tipidagi maхsus tayyorlov mashqlarini bajarayotgan og‘ir atletikachi klassik kurash harakatlarini bajarayotgandagiga qaraganda ko‘proq og‘irlikni uddalab, kuch-qudrat qobiliyatlari rivojlanishiga mumkin qadar ko‘proq foydali ta’sir ko‘rsatish uchun sharoit yaratadi. Хuddi shuningdek, yugu ruvchi ham «yuguradigan» maхsus tayyorlov mashqlarida tanlan gan masofani yugurib o‘tish jarayoniga qaraganda ko‘proq tezlik yoki chidamlilik namoyon etadi.
Maxsus tayyorlov mashqlari nimaga ko‘proq xizmat qilishiga qarab yaqinlashtiruvchi mashqlar va rivojlantiruvchi mashqlar bo‘lishi mumkin. Yaqinlashtiruvchi mashqlar ko‘proq harakat shakli, texnikasini egallashga qaratilgan bo‘ladi, rivojlantiruvchi mashqlar esa ko‘proq funksional imkoniyatlarning (kuch, tezkorlik, chidamlilik va hokazolarni) taraqqiy ettirishga qaratilgan bo‘ladi.
Bunday bo‘linish, albatta, shartli hisoblanadi. Chunki harakat faoliyatining forma va mazmuni birdir.

Yüklə 46,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin