KIRISH I.BOB.SPORTLAR MASHG'ULOTLARINING MAQSADI, VAZIFALARI, VOSITALARI, USULLARI VA TAMOYILLARI 1.1.Sportlar mashg'ulotlarining maqsadi, vazifalari
1.2.Sport bilan shug'ullanish usullari
1.3.Sport mashg'ulotlarining tamoyillari
1.4. Mashg‘ulotning mikrostrukturasi va Mashg‘ulotning mezostrukturasi
1.5.Sport mashg‘ulotini davrlashtirish asoslari.
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar KIRISH Mavzuning dolzarbligi: Mazkur kurs ishida orqali sport turlarini o‘qitish uslubiyoti bilan munosib ravishda, o‘rganish sport turlari murabbiysi sifatidagi zamonaviy mutaxassislarni shakllantirishga imkon beradi.
Yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdagi asosiy yo‘nalish, sportchilarni tayyorgarlik samaradorligini ko‘ta-rish, o‘quv jarayonida nazariy, metodologik dunyoqarashni tarbiyalashdir.
Magistraturada o‘qiyotgan talabalarning ko‘pchiligi yuksak malakali sportchi, mamlakatimiz terma jamoasi nomzodlari va zaxirasida bo‘lganligi, magistrlik dissertatsiyasini yozishda nazariy bilimlarni chuqurroq o‘rganishni talab qiladi.
Shu bilan birga, o‘quv jarayonida berilgan materiallar-nigina emas, balki mashg‘ulot materiallarida ko‘rinadigan har xil majmualar, mutaxassislar, maktablar tomonidan to‘plangan qarama-qarshiliklarni ham echishga to‘g‘ri keladi. SHu sababli bu kitobga muammoli vaziyatlar kiritilganki ular magistrlarni to‘liq tafakkur qilishiga o‘rgatadi.
Murabbiyni mahorati sport jamoasining faoliyatini samarali boshqarishda, har bir sportchining shaxsiy psixo-fiziologik hislatlarni hisobga olib o‘quv-mashq va tarbiya jarayonlarini to‘g‘ri tashkil qilishda ko‘rinadi. Ko‘p yillik tajriba va ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bilim va ko‘nikmalarning ta’sirchan tizimini ta’minlay oladigan murabbiyning nazariy, uslubiy va amaliy faoliyatining organik mutanosibligi pedagogik mahoratini oshirishning shartlaridan biri hisoblanadi. Bu fan sport nazariyasi va uslubiyotini, pedagogik-psixologik bilimlarni chuqur va har tomonlama egallash, sportning ma’lum bir turidagi nazariy bilimlar va ko‘nikmalarni mustahkamlash va shu asosda murabbiylik faoliyatini ijobiy natijalarida namoyon bo‘ladigan amaliy ko‘nikmalarni hosil qilish va mustaqil
tayyorgarlik yo‘li bilan o‘z mahoratini oshirib borishga yo‘llanmalar berishni taqozo etadi.