Sport turlarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida


Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана



Yüklə 275,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix02.12.2023
ölçüsü275,39 Kb.
#137522
1   2   3   4   5   6   7
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана 
603 
Xalqaro nogironlar kuniga bag‘ishlab ko‘zi ojizlar, zaif eshituvchilar va 
amputantlar o‘rtasida parasport turlari turkumiga kiritilgan parastol tennisi, 5x5 
futbol, parayengil atletika, parapauerlifting, parabatminton, shaxmat va boshqa 
sport turlari bo‘yicha Toshkent shahrida respublika parasport festivalini o‘tkazish; 
XTV tasarrufidagi imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim 
muassasalari (maktablar, maktab-internatlar o‘quvchilari o‘rtasida paralimpiya 
sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etish, taniqli sportchilar tomonidan 
master – klasslar, shuningdek seminar konferensiya va davra suhbatlari o‘tkazish 
rejalashtirilib, amalga oshirildi. 
2022-yil 1-yanvardan boshlab Paralimpiya qo‘mitasi tavsiyasiga asosan 
olimpiya zaxiralari kollejlarining paralimpiya sport turlari bo‘limlariga 
yuborilayotgan jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan sportchilar 
uchun 5% gacha qo‘shimcha kvotalar ajratilishi, davlat sport ta’lim muassasalarida 
paralimpiya sport turlari bo‘yicha trenerlarning lavozim maoshini hisoblashda 
bazaviy ta’rif stavkalari 1,5 baravar miqdorda oshirilishi belgilandi 
[5: 16-19]

Xulosa qilib shuni aytish joizki, paralimpiya o‘yinlari xalqaro miqyosda 
ko`plab sportchilarni o`ziga jalb qilib ularning qobiliyatlarini namoyon qilishga 
yordam bermoqda. O‘zbekistonlik paralimpiyachilar Pekin-2008, London-2012, 
Rio-2016, Tokio-2020 yozgi paralimpiya sport musobaqalarida ishtirok etishib
yuqori cho‘qqilarni zabt etishdi va 2024-yilda Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan yozgi 
musobaqalarda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar. Tokio-2020 yozgi 
paralimpiya sport musobaqalari bo‘yicha O‘zbekistonlik paralimpiyachilar MDH 
davlatlari orasida Rossiya, Ukraina va Ozarbayjondan keyin to‘rtinchi va Markaziy 
Osiyo davlatlari orasida birinchi o‘rinda, medallar jamg‘arish bo‘yicha reytingda 
16-o‘rinni egallab turibdi. 

Yüklə 275,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin