Sportning nazariy asoslari. Reja


Sport mashqlariga moslashish va moslashish bosqichlari



Yüklə 43,01 Kb.
səhifə3/12
tarix30.09.2023
ölçüsü43,01 Kb.
#129575
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Sportning nazariy asoslari

1.2. Sport mashqlariga moslashish va moslashish bosqichlari


Birinchi bor adaptasiya (lotincha - moslashish) tushunchasi Selening (bu tushunchani aniqlab bergan Kanadalik olim) umumiy moslashish holati haqidagi ta’limotida ochib berilgan.



Adaptasiya sindromi (alomati) ni Sele tananing qo‘zg‘aluvchi ta’siriga nisbatan noodatiy javobi deb tushuntiradi. Bu holat quyidagicha kechadi:
Xavotir - rezestentlik - oriqla (rezenstenlik - tanani muxitning turli ziyon keltiruvchi omillari ta’siriga bardoshligi).Xavotir davriga tananing me’yor va g‘ayritabiiylik darajasiga o‘ta safarbarligiga xos xususiyatidir. Agar bu ta’sir kuchi to‘xtamasa, bir qancha vaqtdan keyin tana imkoniyati tugab, uning sezish quvvati so‘nadi.
Og‘ir jismoniy yuk tufayli (stress xolati) Adenozintrifosfor kislotasi (ATF) zaxirasini kamayishi kuzatiladi, natijada maxsulotlarining parchalanish nisbati qolgan qismiga qaraganda ortib ketadi, bu yesa moslashishning asosini tashkil yetadi. Moslashish jarayonida bir biriga bog‘liq maxsus o‘zgarishlar kuzatiladi. Masalan, jismoniy kuch ta’siri ostida yurak og‘irligi 20- 40 % ga ortishi mumkin, bu bilan bog‘liq ravishda yurak mushagining ingichka tomir tarmoqlari ham kattaradi.
Moslashuvning har bir darajasini o‘z chegarasi bor. Agar qo‘zg‘aluvchining kuchi borgan sayin ortib ketaversa, unda yangi muhim xolat o‘rniga moslashishning buzilishi vujudga keladi, negaki moslashishning vazifaviy zaxirasi tamom bo‘ladi.
Moslashish aks moslashish bilan almashinadi. Shundan kelib chiqadiki, sport bilan shug‘ullangan ortiqcha og‘irlik tana va uning ayrim qismlarini zo‘riqishga olib keladi. Bu doimiy natija bo‘lmay dam olish va ish rejimiga qat’iy rioya qilinmasa, og‘irlik va tiklanish to‘g‘ri bir - biriga munosib ravishda olib borilmagan chog‘da yuzaga keladi.
Mashqning uzoq muddatli dasturini ishlab chiqishda sportchining moslashish zahiralarini tiklanish va saqlanish shaxsiy xususiyatlari bilan qat’iy ravishda muqobillashtirishdagi tashqi omillar hisobga olinishi lozim.
Tez (beqaror) va uzoq muddatli (nisbiy barqaror) moslashish kabi ikki turdagisi mavjud.
Tezlik bilan ruy beradigan moslashish reaksiyasida quyidagi uch bosqich kuzatiladi:
  1. bosqich berilgan ishni bajarilishini ta’minlovchi funksional tizimlar faoliyatini jadallashtirish bilan bog‘liq yurak urishi, nafas olish, kislorod yutish, laktat to‘planish va x.k kuchayishi.


  2. bosqich qordagi funksional tizimlarning faoliyatini mo‘tadillashuvini ifodalaydi. Tananing nisbatan muqobil holatini ko‘rsatadi.


  3. bosqich tana faoliyatiga (javobiga) yextiyoj va uni ta’minlash orasidagi muvofiqlikni buzilishi bilan bog‘liq. Bu ishchi tizimlar va a’zolarning harakati xamda faoliyatlarning asabiy boshqarish mexanizmlarini charchashi, shuningdek kuch zahiralarini nihoyalanishini ifodalaydi. Tez moslashishning uchinchi bosqichiga ish bilan bog‘liq talablarni tanaga qayta - qayta yuklanaverishi uzoq muddatli moslashuvning shakllanishiga, shuningdek sport faoliyatini ta’minlovchi tana a’zolari tizimi va faoliyatini munosiblikdan chetlashuviga olib keladi.


Uzoq muddatli moslashishning shakllanishi tez moslashish kabi uch bosqichda kechadi. Mashq paytida ortiqcha zo‘riqish oqibatida mashq jarayonining tuzilish tizimiga putur yetgan bo‘lsa to‘rtinchi bosqich vujudga kelishi mumkin.


  1. bosqich tez moslashishni ko‘p marta qaytariladigan samaralarini umumlashtirish asosida uzoq muddatli moslashishi mexanizmlari kuchaytiriladi;


  2. bosqich reja asosida takrorlanadigan doimiy o‘sib boruvchi (ma’lum doirada) yuk asnosida harakatdagi a’zolar va to‘qimalarda tarkibiy hamda vazifaviy o‘zgarishlar jadal kechadi;


  3. bosqich a’zolar faoliyatining yangi darajasini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan zahira mavjudligida ifodalangan uzoq muddatli moslashishning muhim bosqichidir;


Maqsadga yo‘naltirilgan mashq boshida moslashish jarayoni tez kechadi. Keyinchalik turli a’zolar va qismlarning rivojlanish darajasini ortib borishi asosida uzoq muddatli moslashishning shakllanish tezligi susayadi.


Tez, bir necha soat davomida modda almashuvining ayrim substratlari moslashadi. Kam tezlikda 10-14 kun davomida jigar va mushaklarda quvvat zahirasi ko‘payadi, yurak qon tomir tizimi moslashishga boshlaydi.
Sekin 4-6 hafta davomida mushak og‘irligi o‘sa boshlaydi, tarkibida oqsil miqdori ko‘payadi.
Quyidagi qonuniy aloqalarni anglab yetish sport fanining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Tashqi omillar yetarli darajadagi jadallik va ma’lum hajmda bo‘lgandagina moslashish jarayoni ro‘y beradi.
Moslashish jarayoni - yuklama va dam olishni to‘g‘ri tashkil yetish natijasidir.

Yüklə 43,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin