Standartlarni ishlab chiqish va tadbiq etish bo`yicha me`yoriy hujjatlar


Milliy standartlar va ularning turlari



Yüklə 30,57 Kb.
səhifə7/9
tarix28.04.2023
ölçüsü30,57 Kb.
#126061
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Metrologiya

Milliy standartlar va ularning turlari
Standartlashtirish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar davlat boshqaruv idoralari, xo‘jalik faoliyati sub’ektlari ishlab chiqish, ishlab chiqarishga mahsulotni tayyorlash, uni ishlab chiqish, realizatsiyasi (etkazish, sotish), foydalanish (ekspluatatsiya), saqlash, tashishi va utillashtirish, xizmatlar ko‘rsatish va ishlarni bajarishda, texnik (konsruktorlik, texnologik, loyihalash) hujjatlarni ishlab chiqishda hamda texnik shartlar, mahsulotga (ko‘rsatiladigan xizmatlarga) qo‘yiladigan katalog varaqalari qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida standartlashish ob’ektlariga qo‘yiladigan talablarni belgilovchi me’yoriy hujjatlarning quyidagi toifalari amal qiladi:
- Xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar;
- O‘zbekiston Respublikasining standartlari;
- Tarmoq standartlari;
- Texnikaviy shartlari;
- Korxonalarning standartlari;
- Xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari.


Xalqaro standart (ISO va h.k.) - bu standartlashtirish bilan (standartlashtirish bo‘yicha) shug‘ullanadigan xalqaro tashkilot tomonidan qabul qilingan va iste’molchilar ommasi foydalana oladigan standartdir.

Mintaqaviy standart (MGS) esa, standartlashtirish bilan shug‘ullanadigan mintaqaviy tashkilot tomonidan qabul qilingan va iste’molchilar ommasi foydalana oladigan standartdir.

Davlatlararo standart (GOST) - bu standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha davlatlararo kengash yoki qurilish va texnikaviy me’yorlash davlatlararo ilmiy-texnikaviy komissiyasi qabul qilgan va iste’molchilar ommasi foydalana oladigan standartdir.

Milliy standart (O‘z DSt) - bu standartlashtirish bo‘yicha milliy idora tomonidan qabul qilingan va iste’molchilar ommasi foydalana oladigan standartdir.

Korxona standarti (KSt) - bu mahsulotga, xizmatga yoki jarayonga korxonaning tashabbusi bilan ishlab chiqiladigan va uning tomonidan tasdiqlangan standartdir.


Yüklə 30,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin