Stаtistikа fanidan amaliy Topshiriq Javoblari Nazorat va mustaqil ishlash uchun savollar va topshiriqlar



Yüklə 173,62 Kb.
səhifə7/10
tarix27.06.2022
ölçüsü173,62 Kb.
#117263
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Statistika amaliy 123

qo’shimcha o’sish (kamayish) sur’ati (T) ham ikki usulda aniqlanishi mumkin. Birinchi usulda har bir keyingi davr darajasidan boshlang’ich davr darajasi ayirilib, 100 ga ko’paytiriladi va boshlang’ich davr darajasiga bo’linadi.

Ikkinchi usulda har bir keyingi davr darajasidan oldingi davr darajasi ayirilib, 100 ga ko’paytiriladi va o’zidan oldingi yil darajasiga bo’linadi.
1% qo’shimcha o’sish (kamayish)ning mutlaq qiymati – mutlaq qo’shimcha o’sish qiymati zanjirsimon qo’shimcha o’sish sur’atiga bo’linadi.
Sifat ko’rsatkichlariga asoslangan dinamika qatorlarini tahlil qilishda nazarda tutish kerakki, ular qanday shaklda - to’g’ri yoki teskari ko’rinishda tuzilishiga qarab, yuqorida zikr etilgan analitik ko’rsatkichlar, masalan, o’sish va qo’shimcha o’sish sur’atlari turlicha mantiqiy mazmunga ega bo’ladi va bir biriga barobar bo’lmaydi. Bu yerda sifat ko’rsatkichlari deganda miqdoriy qiymati ob’ekt (predmet)ning birligiga nisbatan hisoblanadigan hodisa me’yori tushuniladi. Ular ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat natijalarini, ya’ni mavjud moddiy, moliyaviy, tabiiy, mehnat resurslaridan foydalanishni sifat jihatidan, samaradorlik nuqtai nazaridan baholash imkonini beradi.


7.O‘zaro bog‘lanishlar deganda nimani tushunasiz, ularni o‘rganishdan maqsad nima?
Statistikada o’zaro bog’lanishlarni o’rganish uchun maxsus usullardan foydalaniladi. Xususan, funktsional bog’lanishlarni tekshirish uchun balans va indekslar metodi, korrelyatsion bog’lanishlarni o’rganish uchun esa parallel qatorlar, analitik gruppalash, dispersion tahlil va regression va korrelyatsion tahlil usullari keng qo’llaniladi.
Ommaviy hodisa va jarayonlar har xil sohalarda kuzatiladi va turli tumandir, ularning kechish sharoitlari ham, tuzilishi ham turlichadir. Demak, bunday hodisa va jarayonlar ko’pdan ko’p shakllarga va turlarga ega. Ayniqsa, ijtimoiy hayotdagi hodisa va jarayonlar o’zining murakkabligi va ko’p o’zaro bog’lanishlarga egaligi bilan ajralib turadi.
Analitik ifodalarning ko‘rinishiga qarab bog‘lanishlar ikki turga, ya’ni: to‘g‘ri va egri chiziqli bog‘lanishlarga bo‘linadi.
To‘g‘ri chiziqli bog‘lanishda omil belgining o‘zgarishi bilan natijaviy belgining o‘zgarishi bitta yo‘nalishda bo‘ladi, ya’ni omil belgi oshib borsa, natijaviy belgi ham oshib boradi va aksincha.
Egri chiziqli bog‘lanishda esa, omil belgining o‘zgarishi bilan natijaviy belgi ma’lum bir vaqtgacha u bilan parallel o‘zgarib boradi, ma’lum bir nuqtaga etgandan so‘ng natijaviy belgining o‘zgarish yo‘nalishi o‘zgara boshlaydi. Demak, ular o‘rtasidagi bog‘liqlik yo‘nalishi doimiy emas.
Omillarning o‘zaro harakati nuqtai-nazaridan bog‘liqlikni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin: juft belgilarning bog‘liqligi; ko‘p belgilarning o‘zaro bog‘liqligi. Masalan, talabaning dars qilish soati bilan o‘zlashtirishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rgansak, bu juft bog‘lanish deyiladi, agarda student o‘zlashtirishiga dars qilish soati, oilaviy ahvoli, darsliklar bilan ta’minlanganligi va boshqa omillarning ta’sirini o‘rgansak, bu ko‘p omilli bog‘lanish deyiladi.
Bog‘lanishlarning yana boshqa turlarini ham uchratish mumkin, Masalan, ular bevosita, bilvosita va yolg‘on turlarga bo‘linadi. Bevosita bog‘lanishda omil belgi natijaviy belgiga o‘z ta’sirini to‘g‘ridan-to‘g‘ri, bilvositada esa bir yoki ikki omil orqali o‘tkazadi. Uchinchi turda, yuzaki qaraganda ko‘rsatkichlar o‘zaro bog‘langan bo‘lib tuyulgani bilan (hatto ular raqamlarda bog‘lanishiga qaramasdan), ular haqiqatda esa o‘zaro bog‘lanmagan ko‘rsatkichlardir. Masalan, juda ko‘p biznesmenlar otalarining biznesga hech qanday aloqasi bo‘lmagan. Olamga mashhur Pelening o‘g‘li futbolist bo‘lmagan.
Belgilar o‘rtasidagi bog‘danish kuchi bo‘yicha kuchsiz, mo‘‘tadil va kuchli (juda kuchli) turlarga bo‘linadi. Bu bog‘liqliklar statistikada aniq miqdorlarda ifodalanadi va alohida ko‘rsatkichlar uchun qabul qilingan umumiy bog‘lanish kuchi me’yorlari bilan talqin qilinadi.
Ko‘rsatkichlarning o‘zaro bog‘liqligi va birining ikkinchisiga tobeligi, birinchi navbatda, mantiqiy-nazariy tahlil asosida aniqlanadi. Lekin ularni haqiqiy va aniq o‘rganish statistik ifodani talab etadi. Talabaning dars qilish soati bilan, masalan, uning o‘zlashtirishi o‘rtasida bog‘lanish borligiga nazariy jihatdan hech qanday shubha yo‘q. Biroq aniq masalani echayotganda nazariyaga suyanib qolishning o‘zi etarli emas, muayyan masalani echishda statistikaning aniq ko‘rsatkichlari orqali bog‘liqlikni ifodalash zarur.
Ko‘rsatkichlarning o‘zaro bog‘liqligi statistikaning bir qancha metodlarining birikmalari yordamida aniqlanishi va ifodalanishi mumkin. Parallel qatorlarni solishtirish, balans metodi, statistik guruhlash va grafiklar, dispersion va korrelyasion tahlil metodlari ko‘rsatkichlarni o‘zaro bog‘liqligini aniqlash va o‘rganishning asosiy usullari bo‘lib hisoblanadi.


Yüklə 173,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin