Stаtistikа fanidan amaliy Topshiriq Javoblari Nazorat va mustaqil ishlash uchun savollar va topshiriqlar



Yüklə 173,62 Kb.
səhifə9/10
tarix27.06.2022
ölçüsü173,62 Kb.
#117263
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Statistika amaliy 123

9.Statistik jadvallar deganda nimani tushunasiz? Ular so‘z bilan bayon etishga qaraganda afzalliklarga egami
JAVOB:
Jadval statistik –ma`lumotlarni yaqqol, ixcham va umumlashtirib taqdim etish usulidir.
Statistik axborotlarni jadvalda ifodalash so`z bilan bayon etishga qaraganda o`rganilayotgan voqealarni ravshan va jozibali qilib tasvirlaydi. Statistikadagi jadvallar logarifmlik, karra va boshqa jadvallardan tubdan farq qiladi. Ular ijtimoiy – iqtisodiy hayotimiz, turmushimizning turli tomonlarini ta`riflovchi ko`rsatkichlarni yaqqol va ixcham shaklda, o`zaro bog`lanishda ifodalab, umumiy va o`ziga xos xususiyatlarini oydinlashtiradi.
Jadvallar yotiq va tik to`g`ri chiziqlar kesilmalaridan tuzilgan geometrik shakl bo`lib, qator va ustunlardan tarkib topadi. Ularda o`rganilayotgan obyektlar va ularning ko`rsatkichlari joylashtiriladi. Har bir qator va ustun o`z nomiga, jadval esa umumiy sarlavhalarga ega bo`lib, bular jadvalning asosiy unsurlari hisoblanadi. Agarda jadval qatorlari va ustunlari o`z nomlariga hamda umumiy sarlavhaga ega bo`lib, sonlar bilan to`ldirilmagan bo`lsa, u jadval maketi deb ataladi. Har bir jadval qisqa, aniq va tushunarli, shu bilan birga ma`lumotlar ma`nosini oydinlashtiradigan sarlavhaga ega bo`lishi kerak. Umumiy sarlavhada jadvalda joylashgan sonlarning asosiy ma`nosi ifodalangan bo`lishi va shuningdek, qaysi hudud, qaysi davrga nisbatan olinganligi ko`rsatilgan bo`lishi, shuningdek, o`lchov birligi ham berilgan bo`lishi lozim.
Statristikada ma’lumotylarni jadvallarda ifodalshni so’z bilan ifodalashdan in necha afzalliklariu bor. Misol uchun Jadval orqali berilgan ma’lumotlarda statistic o’zgarishlarnin oslonlikcha oayqash mumkin. Bu esa to;gri hulosa chiqarish uchun pundamental asos bo’lib hizmat qiladi. Bundan tashqari Ma’lumotlarni jadvallarda ifodalash anchayin oson hamda kam joy egallaydi. Ma’lumotlarni qayta ishlash oson. Shunindek Jadval orqali berilagan ma’lumotlar anchayin aniq bva tushinish oson bo’ladi.



Yüklə 173,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin