Stаtistikа fanidan amaliy Topshiriq Javoblari Nazorat va mustaqil ishlash uchun savollar va topshiriqlar



Yüklə 173,62 Kb.
səhifə2/10
tarix27.06.2022
ölçüsü173,62 Kb.
#117263
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Statistika amaliy 123

2.Statistika so‘zi hozir nimalarni bildiradi?
Hozirgi kunda hamstatistika so’zini ko’plik va birlik shakllarda qo’llash uchrab turadi.Jumladan ingliz tilida “statistics” degan so’z bor, u alohida yolg’iz holda ham, boshqa so’zlar bilan birgalikda ham qo’llanadi. Birinchi holda ushbu so’z ko’plik shakliga ega bo’lib, o’zbek tiliga statistikalar deb o’giriladi. Masalan, ilmiy gipotezalarni baholashda qo’llanadigan Styudent, Fisher, K. Pirson singari yetuk ixtirochi olimlar nomi bilan birgalikda ishlatiladigan mezonlar tegishli tarzda t-statistikalar, F-statistikalar, x2-statistikalar deb ham yuritiladi. Ikkinchi holda “statistics” so’zi birlik sonda qo’llanadi, masalan, bussines and economics statistics degan ibora o’zbek tilida “biznes va iqtisodiy statistika” degan mazmunga ega va shunday shaklda o’giriladi. O’z-o’zidan ayonki, bu yerda statistics so’zi birlik sonda ishlatilmoqda.
Hozirgi zamonda, ilm-fan gurkirab rivojlanayotgan sharoitda statistik axborotlarga yoppasiga qiziqish ortib bormoqda. Gazeta va jurnallar, boshqa axborot vositalari zamondoshlarimizni son - sanoqsiz statistik ma’lumotlar oqimi bilan yog’dirib tashlamoqda. So’z avvalombor iqtisodiy va ijtimoiy statistika ma’lumotlari, yalpi ichki mahsulot va milliy daromad hajmi, iqtisodiyot tarmoqlarida bandlar va ishsizlar soni, tijoriy korxonalar va tashkilotlar soni hamda ularning xo’jalik faoliyati ko’rsatkichlari, banklardan olingan kreditlar hajmi va foiz darajasi, aholi yashash qiymati indekslari, tashqi savdo ko’rsatkichlari, davlat va korxonalarning moliyaviy holati haqidagi ma’lumotlar, iste’mol baholarining o’zgarishi va inflyatsiya darajasi, aholi soni va uning jinsi-yoshi, yashash va tug’ilgan joyi, kasbi va faoliyat turi, yashash manbai va boshqa belgilari asosida taqsimotlari haqidagi ma’lumotlar, tug’ilish, o’lish, nikoxdan o’tish va ajralish statitsikasi, ijtimoiy sug’urtalash, maorif, jinoyatchilik,diniy e’tiqod, dam olish va sayohat statistikasi, kishining jamiyatdagi mavqeini ta’riflovchi ko’rsatkichlar - oila garajidagi mashinalar soni, turli klublar, xayr-exson muassasalari hamda professional tashkilotlari a’zolari soni va bilim-saviya darajasi, o’rtacha oila daromadi, oilalarning o’rtacha daromadi bo’yicha tabaqalanishi, kambag’allik hamda qashshoqlik statistikasi va xokazolar ustida bormoqda. Bundan tashqari, yer kurrasida ob-havo taqsimoti, harorat va yog’ingarchilik, shamol yo’nalishi va tezligini ta’riflaydigan mateorologiya axborotlari, turli ko’rgazmalar va konkurslar natijalari haqidagi ma’lumotlar, masalan, go’zallar konkursi va unda ishtirok etuvchilar soni, g’olib go’zallar haqidagi batafsil ma’lumotlar ham bu yerda nazarda tutiladi. Statistik ma’lumotlar hajmi nihoyatda kattalashib, ijtimoiy hayot va atrof- muhitning barcha tomonlarini qamrab ola boshlagandan buyon, bu vaziyatni e’tirof qilish uchun statistika atamasini umumlashgan mazmunda qo’llash va grammatik jihatdan birlik sonda uni ifodalash odat bo’lib qoldi.



Yüklə 173,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin