Statsionar va mobil operatsion tizim turlari



Yüklə 171 Kb.
səhifə2/12
tarix23.05.2023
ölçüsü171 Kb.
#127490
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Statsionar va mobil operatsion tizim turlari

II.2.DOS versiyalari.

IBM PC kompyuterlari uchun birinchi versiya MS DOS 1.0 Microsoft firmasi tomonidan 1981 yili yaratilgan. Undan keyin IBM PC kompyuterlari takomillashib borgan sari DOS kompyuterlarning yangi imkoniyatlarini hisobga oluvchi va foydalanuvchiga yangi qulayliklarni taqdim etuvchi yangi versiyalari chiqarildi.


1987 yili Microsoft firmasi MS DOS operatsion tizimining amalda keyingi 3-4 yilga standartga aylangan 3.3 (3.30) versiyani ishlab chiqdi. Bu versiya juda ixcham va yetarli darajadagi imkoniyatlar to‘plamiga ega bo‘lganidan "standart IBM PC AT" da hozir ham undan foydalanish maqsadga muvofiq. Ammo tezkor xotirani quvvati bir necha megabayt bo‘lgan quvvati balandroq kompyuterlarda MS DOS operatsion tizimining (5.0 va 6.0) versiyalaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Bu versiyalar quvvati 640 Kbaytdan ortiq tezkor xotiradan samarali foydalanish uchun mo‘ljallangan zarur vositalarga ega, 32 Mbaytdan ortiq mantiqiy disklar bilan ishlash, odatdagi xotirada amaliy dasturlar uchun joy ochib, DOS va uskunalarning drayverlarini kengaytirilgan xotiraga ko‘chirish va boshqa imkoniyatlarni yaratadi. MS DOS 6.0 versiyasi o‘z ichiga disklardagi axborotni arxivlash vositasi (DoubleSpace), zaxira nusxalarini yaratish dasturi, virusga qarshi dastur va boshqa mayda holatlarni o‘z ichiga oladi. Ammo bu versiyada axborotni qabul qilish dasturlari hamma vaqt ham bexato ishlayvermaydi, bu ayrim foydalanuvchilarda ma’lumotlarning yo‘qotilishiga olib keladi. Bu muammolarni va boshqa xatolarni bartaraf etish uchun Microsoft firmasi MS DOS ning 6.20 versiyasini chiqardi. Bu versiya MS DOS ning 6.0 versiyasiga qaraganda barqaror, ishonchliroq va tezroq ishlaydi hamda o‘z ichiga uncha katta bo‘lmagan bir qator mukammalliklarga ega. Ammo MS DOS da Steck Elektronic firmasining potensiali buzilgani haqidagi sud qarori Microsoft firmasini avval MS DOS 6.21 versiyasini chiqarishga majbur qildi. Undan patentni buzgan, DoubleSpace disklarini dinamik siquvchi dastur olib tashlangan. Bizning fikrimizcha, bu ikki versiyadan afzalrog‘i – MS DOS ning 6.20 versiyasidir.
Foydalanuvchilarning ko‘pchiligi Digital Research (hozirgi vaqtda - bu Novell firmasining bo‘linmasi) firmasining DR DOS operatsion tizimining 6.0 yoki 7.0 versiyalarini yoki IBM firmasining PS DOS operatsion tizimini ishlatadilar. DOSning bu versiyalari MS DOS versiyalariga qaraganda ko‘proq qulayliklarga ega, lekin ular bilan har jihatdan ham moslashgan emas. Masalan, axborot qismining ularda ishlatiladigan vositalari bir-biriga mos emas, birining o‘rnini ikkinchisiga almashtirsa birgalikda ishlay olmaydi.

Yüklə 171 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin