Kompaniya strategiyasini aniqlashga ko’plab omillar ta‟sir qiladi. Bu omillarning o’zaro ta‟siri har bir tarmoqda o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, vaqt davomida o’zgarib turadi. Strategiyani belgilovchi omillar doim bir-biridan farq qiladi. Firma hamisha ham o’zi xoxlagan strategiyani tanlay olmaydi. Uning harakatlari qonun , davlat siyosati, ijtimoiy tartiblash va jamiyat mavqei bilan chegaralanadi.
Strategiyani ijtimoiy talablarga moslashtirish quyidagilarni nazarda tutadi:
jamiyat manfaatlari va odob me‟yorlari doirasida ishchanlik ko’rsatish;
Tarmoqning jozibadorligi va raqobat darajasi strategiyani belgilashga katta ta‟sir ko’rsatadi. Kompaniya strategiyasini shugullanilmagan sohaga asoslab qurish
mutlaqo yaramaydi. Strategiya kompaniyaning yaxshi bilgan ishiga asosan qurilishi lozim.
Strategiyada hisobga olinishi va aslida uni belgilovchi birlamchi omillarning oddiy modeli 5-rasmda keltirilgan. Bu omillarning o’zaro ta‟siri odatda kompleks xarakterga ega bo’lib, tarmoq va kompaniya uchun alohida farqlanadi.
Odatda, ichki va tashki vaziyat urtasidagi farq aniq bo’lmasa, raqobatli ustunlikka erishilmasa, kompaniyaning faoliyati yaxshilanmagan bo’lsa, strategiyaning o’zi muvaffaqiyat keltirmaydi.