Strategiya tuzishga yondoshuvlar quyidagicha bo’ladi:
Boshstrategikyondoshuv - bunda strategiyani boshliqning o’zi ishlab chiqadi. Bunday holda boshqaruvchi ahvolni baholashga, muqobil strategiyalarga va strategiya detallariga kuchli ta‟sir qiluvchi asosiy strategik va asosiy tadbirkor sifatida chiqadi.
Vakolatlarni berish yondoshuvi - bunda strategiyani tuzish xodimlarga yoki komissiyaga topshiriladi. Bunday holda mas‟ul boshqaruvchi strategiyani ishlab chiqishni boshqalarga,asosan,strategik rejalashtirish buyicha personalga yoki ishonch bildirilgan xodimlardan tuzilgan maxsus komissiyaga topshiradi.
Qo’shma(kollaboratsion)yondoshuv-bu avvalgi ikki yondoshuv urtasidagi oralik variant. Bunday usulning eng kuchli tomoni shundaki, strategiyani ishlab chiqish kimlarga topshirilgan bulsa, uni ushalarning uzlari bajarishlari kerak bo’ladi.
Tashabbusli yondoshuv. Bunday yondoshuvda boshqaruvchi kelishilgan strategiyani ishlab chiqish uchun strategiya detallarini ishlab chiqishdan ham,
«goyalar generatorlari» guruhini boshqarishdan ham manfaatdor emas. Bilaks, boshqaruvchi okilona strategiyani ishlab chiqish, himoya qilish va xayotga tadbik etish uchun menejerlarni uzlarini safarbar etadi. Strategiyani ishlab chiqish uchun boshqaruvchilar foydalanishlari mumkin bo`lgan turt asosiy yondoshuvning birortasi
ham eng yaxshi yondoshuv sifatida yuzaga chikmaydi. Ularning har birini kuchli va kuchsiz tomonlari mavjud.
Kompaniya va boshqaruvchilar strategiyani ishlab chiqish buyicha variantlarni turlicha bajaradilar.Kompaniya egasi tomonidan boshqariladigan kichik kompaniyalarda strategiyani ishlab chiqish norasmiy kechadi. Yirik firmalar strategiyani har yili rejalashtirish ishlab chiqishga moyildir. Strategiyani belgilashning tashkiliy jarayonida boshqaruvchilar shaxsan katnashadilar.
Strategiya ma‟naviy jihatdan sog’lom bo’lishi kerak. Kompaniyaning har bir harakati axloq-odob, ma‟naviyat doirasida bo’lishi lozim. Kompaniya mulkdorlar, xizmatchilar, xaridorlar, yetkazib beruvchilar va jamiyat oldida burchlidir. Kompaniyaning yetkazib beruvchilar oldidagi burchi bozor munosabatlariga quriladi. Kompaniya bilan yetkazib beruvchi ham sherik ham o’zaro raqibdir. SHuning uchun ular o’rtasidagi munosabatlar aniq belgilab olinishi lozim.
Jamiyat nazarida har bir kompaniya «yaxshi fuqaro» tushunchasiga mos bo’lishi, o’z vazifalarini xalollik bilan bajarishi, ya‟ni soliqlarni o’z vaqtida to’lashi lozim.