Strukturasiz malumotlar bilan ishlash


Access (umumlashgan lahjasi) darchasi 6ta



Yüklə 1,95 Mb.
səhifə10/11
tarix17.09.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#129012
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Access (umumlashgan lahjasi) darchasi 6ta ob’yektdan iborat bo’lib, asosan shular bilan ish yuritiladi. Bular: Tablitsa (jadval), Zapros (so’rov), Forma (forma), Otchet (hisobot), Makros (makro buyruq) va Modul.
Jadval - MBning ma’lumotlar saqlaydigan asosiy ob’yekti;
So’rov - MB dagi ma’lumotlarni tartiblash, biror kerakli ma’lumotni qidirib topish kabi vazifalarni bajaradi.
Forma MBga yangi ma’lumotlar kiritadi, yoki joriy MBdagi ma’lumotlar ustida foydalanuvchi uchun qulay bo’lgan turli-tuman shakldagi formalar yaratadi. Demak, forma – ekran ob’yekti bo’lib, elektron blank tarzida ifodalanib, unda ma’lumotlar kiritiladigan maydon mavjud va shu maydonlarga kerakli ma’lumotlar joylashtiriladi va jadval shu tariqa hosil qilinadi.
Hisobot - MB tarkibidagi ma’lumotlardan keraklisini printerga chiqaruvchi qog’ozdagi asosiy hujjat.
Modul - Visual Basic dasturlash muhitida yozilgan dastur bo’lib, nostandart operatsiyalarni foydalanuvchi tomonidan bajarilishiga imkon yaratadi,
Makrobuyruq - bir qator buyruqlar majmui asosida hosil bo’lgan makrobuyruq bo’lib, foydalanuvchi tomonidan jadval tuzishda juda qiyin hal qilinadigan jarayonlarni yechadi.
MB jadvallarini yaratish va tahrirlash
Microsoft Access da MB jadvalini yaratishning ikki usuli mavjud. MB ni yaratishning oddiy usuli – barcha zaruriy jadval, forma va hisobotlarni MB ustasi orqali yaratishdir. SHu bilan birga bo’sh MB ni yaratib, keyin unga jadvallar, formalar, hisobotlar va boshqa ob’yektlarni qo’shish mumkin – bu eng qulay usul, biroq u MB ning alohida aniqlangan ob’yektini talab etadi. Ikkala holda ham yaratilgan MB ni o’zgartirish va kengaytirish imkoniyati mavjud.
YAngi MB yaratish uchun Fayl menyusidan Sozdat, Novaya baza dannыx, keyin Sozdat. Buyruqlarini tanlanadi



Keyin ekranda MB ni yaratish oynasi hosil bo’ladi. Imya polya ustunida maydonlar nomi kiritiladi va mos turlari tanlanadi, keyin jadvalni saqlab jadval rejimiga o’tiladi.


Keyin hosil bo’lgan oynada jadval qiymatlarini kiritamiz, bunda maydon turiga e’tibor qilish kerak. Ma’lumotlarninng faqat mos turlarini kiritish kerak.


Ixtiyoriy ob’yekt oynasi bilan jadval yoki usta(konstruktor) rejimida ishlash mumkin.
Access dasturida ma’lumotlarning Osnovniy tipi, Chislovoy, Data/vremya, Da/Net va Bistroe nachalo turlari mavjud. MB yaratishda ma’lumotlarning turiga e’tibor berish va kiritishda mos ma’lumotlarni kiritish zarur.



Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin