MBning tarmoqli modeli Relyatsion modellarda esa ob’yektlar va ularning o’zaro aloqalari ikki o’lchovli jadval ko’rinishida tasvirlanadi. Ma’lumotlarning bunday ko’rinishda tasvirlanishi ob’yektlarning o’zaro aloqalarini yaqqol tasvirlanishiga asos bo’ldi. (Savol: Ma’lumotlar bazasi modellarini qanday turlari mavjud?)
Relyatsion model jadvalli quyidagi usul asosida tashkil qilinadi. Bunda tegishli ma’lumotlar jadvalning ustun va qatorlarida joylashadi. Ustunlar ma’lumotning maydonlarini, qatorlar esa yozuvlarni ifodalaydi. Bir ustunda ma’lum sohaga tegishli bo’lgan bir qancha ma’lumotlar joylashadi. Qatorda esa ustunlarda joylashgan ma’lumotlar ko’rsatiladi. Ustun va qator o’rtasidagi bog’lanish munosabat deb ataladi. Har bir ustun, qator va munosabat o’z nomiga ega bo’ladi.