Student: Hamidboyev Abdulahad Group: Filologiya Ingliz tili 23 07 Subject: Tarix



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə9/10
tarix02.12.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#137284
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Hamidboyev

Islom olamining allomasi Iso at-Termiziyning 1200 yilligi, Maxmud az-Zamaxshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Boxovuddin Nakshbandiyning 675 yilligi keng ko‘lamda nishonlandi. Ularning boy asarlari nashrdan chiqarildi. Barcha viloyatlar va shaharlarda xar yili Bobur, Mashrab, Ogahiylarga bag‘ishlanib kechalar o‘tkazildi, Jaloliddin Manguberdining 800 yillik tavalludiga, «Alpomish» dostoni yaratilishining 1OOO yilligiga bag‘ishlangan turli kechalar, bahslar tashkil etildi. Ma’naviy hayotni takomillashtirish maqsadida Imom al-Buxoriyning yubileyiga bagishlab, Qur’oni Karimdan keyin ikkinchi o‘rinda turadigan «Al-jome’ as-sahiyh» (Ishonarli to‘plam), «Al-adab al-mufrad» (Adab durdonalari) o‘zbek tiliga tarjima kilinib, nashrdan chiqarildi. 1998 yili Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligi, Axmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi jahon miqyosida keng nishonlandi. Respublikada yubileylar munosabati bilan allomalar hayotiga bag‘ishlangan ilmiy anjumanlar va badiiy ko‘rgazmalar ochildi. Dunyoda hech bir xalq o‘zbeklarchalik buyuk madaniy va ma’naviy merosga ega emas. Endi mustaqillik tufayli ana shu ulkan xaritani ochish, uni o‘rganish, undan bahramand bo‘lish imkoniyati tug‘ildi. Xalqimiz bundan foydalanish yulidan bormoqda.

Bu ezgu ishlarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning sa’y-harakati va rolini alohida ta’kidlash o‘rinlidir. Fikrimizning dalili sifatida Qashqadaryo zaminida buyuk alloma, moturidiya ta’limotining yirik vakili, islomiy e’tiqod pokligi masalasida 15 ga yaqin kitob muallifi Abu Muin Nasafiy, Sherobod tumanida buyuk hadisshunos alloma Abu Iso Muhammad at-Termiziy, Buxoroda Bahouddin Naqshband hazratlari, Toshkentda Imom Termiziy nomidagi masjid va Suzuk ota maqbaralari kabi ko‘plab ziyoratgohlarni obod qilish borasidagi ezgu ishlarni qayd etish mumkin. Shuningdek, Yurtboshimizning O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga g‘amxo‘rligining yaqqol namunasi sifatida 2017 yil 15 fevraldagi “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4956-sonli farmoni, 2017 yil 24 maydagi “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2995-sonli qarori, 2017 yil 20 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3074-sonli qarori, 2017 yil 30 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3105-sonli qarorlari xalqimizning qadimiy tarixi va boy madaniyatini tiklash, buyuk allomalarimiz, aziz-avliyolarimizning ilmiy, diniy va ma’naviy merosini har tomonlama chuqur o‘rganish va targ‘ib etish, chet ellarda saqlanayotgan, mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid madaniy boyliklarni aniqlash, shu tarixiy eksponatlarning asl yoki ko‘chirma nusxalarini yurtimizga olib kelish kabi ishlarni tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin