Student: Hamidboyev Abdulahad Group: Filologiya Ingliz tili 23 07 Subject: Tarix



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə6/10
tarix02.12.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#137284
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Hamidboyev

Umuman olganda, O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganish va uni o‘qitishning dolzarb muammolari bo‘yicha keng munozaralarning zaruratini chuqur anglagan holda olimlar, pedagog xodimlar va maorifning boshqa vakillarini tarix ilmi va fani masalalarini keng ommaga yetkazish hamda matbuotda faol muhokama qilish zarur. Jamiyatimiz, ayniqsa, yosh avlod ona Vatanimizning yaqin o‘tmishini tushunishga, murakkab, jo‘shqin va jadal sur’atlar bilan davom etayotgan mamlakatimiz mustaqilligining tarix solnomasini tizimli o‘rganishga, uni to‘laqonli anglab yetishga katta ehtiyoj sezmoqda. Mazkur sharafli ijtimoiy vazifani amalga oshirish esa o‘zbek tarixchilarining ilmiy va fuqarolik burchidir. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko‘pasrlar mobaynida yaratib kelingan g‘oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo‘lib qoldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev ta’kidlaganlaridek, “Biz hozirgi vaqtda yirik bir loyiha-O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazini tashkil etish bo‘yicha katta ishlarni boshlab yubordik. Bu markaz avvalo xalqimizning yaratuvchilik dahosi bilan bunyod etilgan noyob merosni har tomonlama chuqur o‘rganish, yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk alloma va mutafakkirlarning hayoti va ilmiy-ijodiy faoliyati haqida yaxlit tasavvur uyg‘otish, xalqaro miqyosda dinlararo va sivilizatsiyalararo muloqotni yo‘lga qo‘yish, bugungi murakkab davrda islom dinining insonparvarlik mohiyatini ochib berish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish, yosh avlodni gumanistik g‘oyalar, milliy g‘urur va iftixor ruhida tarbiyalashdek ezgu maqsadlarni ko‘zda tutadi”.

Tarixdan ma’lumki, O‘rta Osiyo xalqlari azaldan bashariyat tafakkur xazinasiga ilm-fan, madaniyat taraqqiyotiga unutilmas hissa qo‘shib kelganlar. Ajdodlarimiz tomonidan ko‘p asrlar mobaynida yaratilgan asarlar, madaniyatning barcha sohalariga taalluqli nodir asarlar, qimmatbaho fikr-mulohazalar hozirgi kunda ham jahon xalqlari ma’naviy dunyosini boyitib, ularning ma’naviy kamolotiga xizmat qilib kelmoqdaki, bundan biz faxrlansak arziydi. Bugungi kunda ma’naviy merosimizni, qadriyatlarimizni tiklash, xalqimiz, jumladan, yoshlarimiz ma’naviyatini boyitish, o‘zligini anglash, xususan kelajagimiz bo‘lgan, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlarni tayyorlash ularning ma’naviyatini yuksaltirishga erishish g‘oyat muhimdir. O‘zbek xalqining boy ma’naviy qadriyatlarini qaytadan tiklash, ularni xalqimizga qaytarish mustaqillik davri tariximizning ajralmas qismidir. Shu ma’noda bu tarixni yoritmay turib, umuman musaqillik davrining to‘la tarixini yaratib bo‘lmaydi.


Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin