Bozor munosabatlari sharoitida aholining ish bilan bandligini ta’minlash muhim masalalardan biri hisoblanadi. CHunki, ishsizlik muammosining mavjudligi bozor iqtisodiyotining ajralmas xususiyatidir. SHunday ekan, ishsizlik muammosini o‘rganishdan asosiy maqsad - aholining ish bilan bandligini oshirish orqali mamlakat ishlab chiqarishini kengaytirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga aloqador tadbirlar ishlab chiqishdan iborat Jahonda ro‘y berayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz ta’sirida dunyo bo‘yicha 56 million kishidan ortiq ishsizlar armiyasi vujudga kelgan bir sharoitda O‘zbekistonda yuz minglab yangidan-yangi ish o‘rinlari tashkil etilmoqda. Buning yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, bu yerda yangi ish o‘rinlarini yaratishning o‘ziga xos mexanizmlari tarkib topib, bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha izchil amal qilib kelmoqda. Mamlakatda aholini samarali muhofaza qilishga yo‘naltirilgan maqsad chora-tadbirlar hamda yuqori iqtisodiy o‘sish va bandlik sur’atlari aholi farovonligini oshirishni ta’minlamoqda. Aholi real daromadlarining oshishida respublikada makroiqtisodiy sharoitning qulayligi, iqtisodiy o‘sishning tez sur’atlarda oshishi, inflyatsiyaning sezilarli darajada pasaygani, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar va aholini aniq ijtimoiy himoya qilishning kuchaygani ham asosiy omil boiib xizmat qilmoqda.
So‘nggi yillarda ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdorini oshirish, jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq miqdorlarini kamaytirish, inflyatsiya darajasini pasaytirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida aholining yalpi va real daromadlari sezilarli ravishda oshdi, uning xarid qobiliyati barqaror suratda o‘sib bormoqda. Jumladan, 2009-yilda 2000-yilga nisbatan o‘rtacha ish haqi 28,5 barobar, pensiyalarning o‘rtacha miqdori qariyb 18 barobar, aholi jon boshiga nisbatan pul daromadlari esa 12 barobar oshgan boisa, birgina 2012-yilning o‘zida byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqa va stipendiyalar miqdori esa 26,5 foizga, aholining real daromadlari yil mobaynida 17,5 foizga ortdi. Umuman, aholi jon boshiga real daromadlar 2000-yilga nisbatan 8,6 marta, o‘rtacha ish haqi esa iste’mol savatchasi qiymatidan 4 martadan ko‘proq oshdi.