Student: Sodiqova Go‘zal Group: Filologiya Ingliz tili 23 07 Subject: Tarix



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə4/7
tarix01.12.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#136945
1   2   3   4   5   6   7
Go‘zalxon

XMT prognoziga koʻra, iqtisodiyot va mehnat bozoridagi inqiroz global ishsizlikning qariyb 25 million kishiga koʻpayishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, rivojlangan mamlakatlarda ishsizlik, hatto, buyuk depressiya davridan ham oshib ketishi kutilmoqda. Ish bilan bandlikning pasayishi, tabiiyki, odamlar daromadining sezilarli yoʻqotilishiga ham olib keladi. XMTning baholashicha, 2020-yilning oxiriga kelib, ular 860 mlrd. dan 3,4 trln. dollargachani tashkil etadi. Koronavirus pandemiyasi oqibatlari Markaziy Osiyo uchun oldindan kutilganidan ancha jiddiy boʻldi. Jahon banki yil oxiriga qadar mintaqada yalpi ichki mahsulotning 1,7 foizga kamayishini istisno etmayapti. Qirgʻizistonda YAIMning eng katta pasayishi kutilmoqda — minus 4 foiz. Qozogʻistonda pasayish minus 3 foizdan biroz kamroq boʻladi. Tojikis­tonda — minus 2 foiz. Bu yil mintaqada iqtisodiyoti oʻsishi mumkin boʻlgan yagona mamlakat — Oʻzbekis­ton boʻlib, iqtisodiy oʻsish surʼatlari 1,5 foizni tashkil etishini prognoz qilmoqda.

Tan olish kerak, bu muammolarning barchasi mamlakatimiz oldiga jiddiy masalalarni qoʻydi. Bundan tashqari, pandemik inqiroz hukumat butun eʼtiborini muhtoj fuqarolarga ijtimoiy yordam koʻrsatish, kambagʻallikka qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirishning hozirgi tizimi islohotlariga qaratgan bir paytda yuz berdi. Davlat tarixida birinchi marta Prezident mamlakatda kambagʻallik muammosini ochiq tan oldi. Ilgari taqiqlangan mavzu bugun nafaqat muhokamaga aylandi, balki ushbu muammoning haqiqiy koʻlami, balki kecha imkonsiz tuyulgan mamlakatdagi kambagʻallar soni boʻyicha aniq raqamlar oshkor etildi. Bundan tashqari, kambagʻallik darajasini kamaytirish vazifasi kun tartibidagi asosiy masalalardan biriga aylandi. Uzoq muddatga moʻljallangan mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining barqarorligini taʼminlash strategiyasining bosh maqsadi qilib qoʻyildi. Prezidentning shu yil yanvar oyida Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasida “Birinchi navbatda aholi farovonligini oshirish va uning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish — biz uchun bosh vazifalardan biri boʻlib qoladi”, deya aniq aytildi.


Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin