Sud hokimiyati



Yüklə 20,33 Kb.
səhifə2/3
tarix31.05.2022
ölçüsü20,33 Kb.
#116457
1   2   3
Tarix glasary

Demokratiya — (qadimgi yunonchaδημοκρατία — „xalq hokimiyati“) — barcha insonlar tenglik bilan kollektiv qarorga kelish imkoniga ega siyosiy tuzum.[1] Demokratiyada fuqarolar erkinligi va tengligi qonunlarda mustahkamlangan, xalq hokimiyatchiligining vosita va shakllari amalda oʻrnatilgan va yuzaga chiqarilgan boʻladi. Demokratiya davlat bilan inson munosabatlarini belgilaydi.
Jinoyat protsessi - jinoyat ishini tergov qilish va sudda koʻrish vaqtida surishtiruv, tergov, prokuratura organlari va sud bajaradigan harakatlar jarayoni. J. p., odatda, ish qoʻzgʻatilgandan to hukm chiqarilguncha davom etadi, baʼzan esa hukmni qayta koʻrish va uning ijrosi masalalarini hal qilishni ham oʻz ichiga oladi. J. p. jinoyatlarni ochish va jinoyatchilarni jazolash uchun xizmat qiladi; barcha fuqarolarning qonun va sud oldida tengligi, sudning mustaqilligi va faqat qonunga boʻysunishi, sudlov ishlari oshkora va koʻpchilikni tashkil etgan aholi tilida olib borilib, bu tilni bilmaganlarga tarjimon yordam berishi, ayblanuvchi oʻzini himoya qilish huquqiga ega boʻlishi kabi demokratik tamoyillarga asoslanadi

Kassatsiya (lot. cassatio — bekor qilish, buzish) — qonuniy kuchga kirmagan sud hukmi (hal qiluv qarori) ustidan shikoyat qilish shakllaridan biri. Apellyasiya sudidan farqli ravishda, K. instansiyasi shikoyat yoki protest doirasi bilan cheklanib qolmaydi, balki bunda ish unda mavjud boʻlgan va qoʻshimcha taqdim qilingan materiallarning toʻla hajmida tekshirib chiqiladi. K. instansiyasi hukm (hal qiluv qarori)ni oʻzgarishsiz qoldirishi, bekor qilishi va ishni yangidan tergov qilishga yoki sud muhokamasiga joʻnatishi yo boʻlmasa hukmni bekor qilishi va sud ishi olib borishni toʻxtatishi mumkin. OʻzRda K. tartibida ish yuritish va K. shikoyati berish (K. protesta keltirish) qonunqoidalari JPK 56-bobida va FPK 38-bobida belgilab berilgan.[1]

Apellyatsiya (lot. appellatio — mu-rojaat qilish; shikoyat qilish; norozilik bildirish) — sud hukmi ustidan shikoyat arizasi berishning bir shakli. A. Fran-siya jinoyat-protsessual kodeksiga (1808-yil), jahonning boshqa ko‘pchilik davlat-lari jinoyat-protsessual qonunlariga kiritilgan. O‘zRda 1994-yil 22 sent.da qabul qilingan va 1995 yil 1 apreldan amalga kiritilgan Jinoyat-protsessual kodeksida ushbu tartib ko‘rsatilmagan, ammo A. tartibida ish ko‘rishning ayrim aniq masalalariga oid qismlari yangi JPKning 490-moddasida nazarda tutil-gan qoidaga ko‘ra, A. kassatsiya instansi-yasida ish ko‘radigan sudda qo‘llaniladi.

Yüklə 20,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin