Sud - psixologik ekspertiza natijalarini tahlil qilish.
Psixolog - ekspert mutaxassis sifatida ayblanuvchi bilan ish olib borishda qu yidagicha tartibda ekspertiza o‘tkazadi:
ayblanuvchi, jabrlanuvchilar bilan individual suhbat o‘tkazadi;
ularning psixologik xususiyatlarini (idroki, diqqati, hissiqti, temperamenti, xarakteri, irodasi kabilarni) aniqlaydi;
kuzatish, suhbat, psixologik test kabi metodikalarni o‘tkazadi;
ayblanuvchiga ochilgan jinoyat ishi bilan batafsil tanishib chiqadi;
o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda ekspertiza xulosasi tayyorlaydi.
Sud - psixologik ekspertiza natijalarini tahlil qilishda ayblanuvchining jinoyatni nechanchi marta sodir etganligiga e’tiborini qaratadi. Shuningdek, uning oilaviy psixologik muhitini aniqlashga harakat qiladi. Bundan tashqari, ekspertizaga oid adabiyotlar bilan tanishadi.
Demak, sudga oid psixologik ekspertizaning jinoiy xatti - harakatlarni aniqlashdagi ahamiyati juda katta ekan. Shuning uchun mutaxassis-psixologlar ayblanuvchining psixologik xususiyatlarini, uning jinoiy xatti - harakatlarni sodir etayotgan vaqtdagi ruhiy holatlarini aniqlashda juda katta mas’uliyat bilan ish olib borishlari maqsadga muvofiqdir.