abt.uzda
reklama
4-avg, 2018
“SUPER KONTRAKT” NARXI QANCHA VA KIMLAR UCHUN?
kontrakt (/blog/tag/kontrakt)
Test natijalari
chiqishni boshlagach, abituriyentlardan qo‘shimcha kontrakt (xalq
tilida
“super kontrakt") haqida savollar ko‘paydi.
Shularni inobatga olib, qo‘shimcha
kontrakt
haqidagi ayrim savollarga javob berishga harakat qilaman.
Qo‘shimcha kontrakda o‘qish uchun necha ball olish kerak?
Kamida 56,7 ball to‘plagan bo‘lish kerak. Undan kam to‘plaganlar hozircha qo‘shimcha
kontraktda o‘qiy olmaydi.
Qo‘shimcha kontrakda o‘qishni xohlaganlar qachon ariza berish kerak?
Yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar qo‘shimcha kontraktda o‘qish
uchun test
natijalari e’lon qilingandan boshlab 1 oy ichida ariza berishi kerak.
Ariza qayerga beriladi?
Qo‘shimcha kontraktda o‘qish istagida bo‘lganlar OTM rektori nomiga ariza beradi.
Oshirilgan kontraktning narxi qancha?
Oshirilgan to‘lov-kontrakt miqdori amalda o‘rnatilgan to‘lov-kontrakt
miqdoriga nisbatan
quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
1-toifa:
- To‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga bir
ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun - 1,5 barobar;
- 1.1 balldan 2 ballgacha yetmaganlar uchun - 2,0 barobar;
- 2.1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar uchun - 2,5 barobar;
- 3.1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar uchun - 3,0 barobar.
Masalan, kirish bali 140 bo‘lgan deylik. 139 ball to‘plagan abituriyent kontraktning 1,5
barobarini to‘laydi. Masalan, asli 10 mln kontrakt bo‘lsa, 15 mln so‘m to‘lasa kifoya.
138,9 ball olgan abituriyent esa 2 barobarini to‘laydi, ya’ni 20 mln so‘m. Va h.k.
2-toifa