talabalarda bozor iqtisodiyoti sharoitida ko‘chmas mulk bozori, ko‘chmas mulk bozorining turlari, uning qatnashchilari, ko‘chmas mulk bozori infratuzilmasi, bozor sub’yeklari o‘rtasida bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlar, ko‘chmas mulk ob’yektlari yuzasidan tuziladigan bitimlar to‘g‘risida bilim, ko‘nikma va malakani shakllantirishdir.
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
-O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozori va uning turlari, ko‘chmas mulk bozori sub’yeklari o‘rtasida bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlar, ko‘chmas mulk ob’yektlari yuzasidan tuziladigan bitimlar haqida tasavvurga ega bo‘lishi lozim.
Bilimlar
- ko‘chmas mulk bozori mohiyati, uning tuzilishi va turlari;
- ko‘chmas mulk bozori qatnashchilari, ularning maqsad va vazifalari;
- ko‘chmas mulk bozori infratuzilmasi, uning tuzilishi va asosiy professional faoliyat turlari;
- ko‘chmas mulk bozori sub’yeklari o‘rtasida bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlar;
- ko‘chmas mulk ob’yektlari yuzasidan tuziladigan bitimlar va ularning turlari.
Ko‘nikma
- ko‘chmas mulk bozori va uning turlarini tahlil qilish va holatiga baho berish;
- ko‘chmas mulk bozoridagi tovarlar harakatini o‘rganish va tahlil qilish;
- ko‘chmas mulk bozori qatnashchilarini o‘rganish va ularning faoliyatiga baho berish;
- ko‘chmas mulk bozori infratuzilmasini tahlil qilish va holatiga baho berish;
- ko‘chmas mulk ob’yektlari yuzasidan tuziladigan bitimlarni to‘ldirish.