Surxondaryo viloyati Sho'rchi tuman Xalq ta’limiga qarashli 36-IDUM ning Boshlang’ich sinf o’qituvchisi Shaymardanova Gaxvarning 3-sinf uchun Matematika fanidan ,,Minglar” sinfi mavzusida tayyorlagan bir soatlik dars ishlanmasi
Sana: __________ Sinf: 3 ______ Fan nomi: Matematika 1-dars Darsning texnologik xaritasi Mavzu: Ming soni, minglik xona birligi, uning o'qilishi va yozilishi bo'yicha bilim va ko'nikmalarni shakllantirish
Soatlar soni: 1 soat.
Mavzuning qisqacha mazmuni: Ming soni minglik xona birligi, ularni xona birliklariga ajrata olish unga doir misol va masalalar yechish. Unga doir misol va masalalar yechish.
O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi Metod: Suhbat, kartochkalar bilan ishlash, mustaqil ish. Shakl: Guruh bilan ishlash.
Jihoz: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir slaydlar. Nazorat: Og‘zaki so‘rov, doskada va mustaqil ravishda misol, masalalarni yechish.
Baholash:Doskada yoki mustaqil ravishda misol, masalalarni yechishlariga qarab o‘quvchilar baholanadi.
Darsning maqsadlari Ta’limiy: Ming soni, minglik xona birligi uning o'qilishi va yozilishi bo'yicha bilim va ko'nikmalarini shakllantirish.
Tarbiyaviy: Misol va masalalarni yechish orqali minglik xona birligi haqida bilimga ega bo'lish bo'yicha hayotiy ko'nikmalarni shakllantirish
Rivojlantiruvchi: Matematik boshqotirma ustida fikr-mulohaza yuritishga jalb qilish orqali mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish.
Kutilayotgan natijalar Dars yakunida Ming soni, minglik xona birligi, uni o'qish va yozish ular ustida amallar bajarishga o'rgatish.