Surxondaryo viloyati termiz davlat universiteti denov filialining maxsus sirtqi bo’limi boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi yo’nalishining 2- kurs 208-guruh tolibi mamatmo’minov ulug’bekning o’zbekiston tarixi fanidan tayyorlagan


Muammoli xulq-atvorning motivlari



Yüklə 227,94 Kb.
səhifə5/7
tarix31.12.2021
ölçüsü227,94 Kb.
#113479
1   2   3   4   5   6   7
Pedagogik qarama-qarshilik Pedagogik konflektalogiya

Muammoli xulq-atvorning motivlari. Intizomni buzgan o‘quvchi bu xatti-harakat noto‘g‘ri ekanligini tushunadi, lekin u o‘z xulq-atvorining motivini tushunmaydi. Har bir bola uchun bu hatti-harakatning turli sabab va maqsadlari mavjud. Pedagoglar bu motivlarning qanday bo‘lishiga qaramay ularga ta’sir etish usullarini topishlari lozim. Agar pedagoglar xulq-atvorning buzilish maqsadlarini aniqlashga qodir bo‘lsalar, u holda o‘quvchi bilan konstruktiv munosabatlarni o‘rnata oladilar, unumsiz muloqot samarali muloqotga aylanishi mumkin. Bunda to‘g‘ri strategiyani tanlash qadamma-qadam muammoning yechimini topish imkonini beradi. Bunday vaziyatga pedagogik aralashuv natijasida shunday sharoitlar yaratiladiki, bolalar o‘z intizomlarini to‘g‘rilash borasida ma’lum qaror qabul qiladilar.

Rejani tuzishda o‘qituvchi o‘zining strategiyasi va taktikasini ishlab chiqadi. Albatta bunda vaqt va vaziyatni tahlil etish talab etiladi, lekin natijalar o‘zini oqlaydi. O‘qituvchining qarashlari, ya’ni ustanovkasi o‘zgaradi, xavotirlik yo‘qoladi, avvallari muammoli o‘quvchidan faqatgina yomon xulq-atvorni kutgan bo‘lsa, endi yutuqqa erishishga ishonchi komil bo‘ladi.

Ushbu rejani quyidagilar tashkil etishi mumkin: 

-“yomon” xulq-atvorning sababini aniqlash;

- uni bartaraf etish usullarini tanlash;

-o‘quvchini qo‘llab-quvvatlashning kelgusi taktikasini ishlab chiqish;

-muammoni hal etishga ota-onalarni va pedagoglarni jalb etish.

Rejani amalga oshirishda pedagog ketma-ketlikdagi 5ta vazifani bajaradi.



1-vazifa. Muammoli xulq-atvorni xolisona izohlash. Barcha o‘qituvchilarga o‘quvchining xulq-atvorini izohlashda xolislik yetishmaydi. Intizomni buzganda o‘quvchi aynan nimalar qilishi “hissiyotga berilmay” qisqa izohlanishi kerak. “U juda yomon bola”, “uning fikri tarqoq, parishonxotir”, “uni boshqarish juda qiyin”kabi izohlar o‘qituvchining o‘quvchiga nisbatan berilgan noto‘g‘ri bahosi hisoblanadi. Bu izohlar o‘quvchining xulq-atvoriga berilgan baho bo‘lmay, balki ayrim o‘qituvchilarning o‘quvchilar xulq-atvorini tuzatishda natijaga erisha olmaganligini bildiradi. Lekin bitta o‘quvchi hamma o‘qituvchilarga nisbatan ham bunday xatti-harakatni amalga oshirmaydi.

2-vazifa. Yomon xulq-atvorning sababini tushunib olish. Atrofdagilarning o‘ziga bo‘lgan e’tiborini xohlaydigan o‘quvchilar o‘zlarini xuddi haqiqiy artistlarday tutadilar va ko‘p hollarda bunday xulq-atvorning sababi shu bo‘ladi. Shunday bolalar borki, ular yoki butun sinfni jonlantirishlari mumkin, yoki aksincha, barcha ishlarni juda sekinlikda amalga oshiradilar. Bunday bolalarni barcha ishlarda faol bo‘ladiganlarga nisbatan “tuzatish” qiyinroq kechadi, chunki ular intizomni rasman buzmaydilar. E’tiborga bo‘lgan ehtiyoj psixologik jarayon bo‘lib, ovqat va suvdek zarur. Uydagi e’tiborning kamligi uning maktabdagi xulq-atvoriga ta’sir etadi. Bunday bolalar ijobiy muloqot qilishni bilmaydilar. Pedagogdan bunday o‘quvchilarga imkon qadar ko‘proq e’tibor qaratish talab etiladi.


Yüklə 227,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin