4. Suv bug‘ining hs–diagrammasi
2-rasmda suv bug‘ining hs–diagrammasi tasvirlangan. Yuqorida aytib o‘tilgan ediki, 273K (0S) temperaturadagi entropiya va entalpiya shartli ravishda nolga teng deb hisoblanadi. Bu holat hs–diagrammada koordinatalar boshi bilan tasvirlanadi.
2-rasm. Suv bug‘ining hs - diagrammasi
Diagrammada ikkita chegara egri chiziq chizilgan, ular kritik nuqta K da bir-biriga qo‘shilib ketadi. Pastki chegara egri chiziq (x=0) da suvning qaynash temperaturasidagi turli holatlar uchun entalpiya h1 va entropiya s1 ning qiymatlari qo‘yilgan. Yuqorigi egri chiziq (x=1) da qaynash temperaturasidagi to‘yingan quruq bug‘ning turli holatlari uchun hII va sII ning qiymatlari qo‘yilgan.
Bug‘ hosil bo‘lish jarayoni o‘zgarmas temperaturada borganligi sababli to‘yinish sohasida izobaralar bir vaqtning o‘zida izotermalar bo‘lib hisoblanadi. O‘ta qizigan bug‘ sohasida, yuqoridagi chegara egri chiziqda izobara va izotermalar bir-biridan ajraladi. Izobaralar chap tomonga izotermalar esa o‘ng tomonga og‘adi. Nam to‘yingan bug‘ sohasida bug‘ning quruqlik darajasi chiziqlari (x=const) chiziladi va ular kritik nuqta K da kesishadi. hs–diagrammaga izoxoralar – o‘zgarmas solishtirma hajm (v=const) chiziqlari ham chiziladi. Bu chiziqlar (2-rasmda ko‘rsatilmagan) izobaralarga nisbatan tikroq ketadi. Qaytar adiabat jarayonlar hs–diagrammada vertikal chiziqlar bilan tasvirlangan. Shuning uchun barcha vertikal chiziqlar hs –diagrammada adiabatadan iboratdir. Hozirgi vaqtda bug‘larning issiqlik jarayonlarini hisoblashda hs–diagramma va suv bug‘i jadvallaridan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |