Suv bug'ining termodinamik jarayonlari



Yüklə 40,85 Kb.
səhifə3/7
tarix03.06.2022
ölçüsü40,85 Kb.
#116586
1   2   3   4   5   6   7
Suv bug\'i va uni tayyorlashdagi termodinamika jarayonlari.

Suv bug'inig iS diagrammasi
Issiqlik mashinalarini loyihalash va tadbiq etishdagi muhandislik hisob-kitoblarini amalga oshirishda suv bug'ining iS diagrammasidan foydalaniladi. Suv bug'ining iS diagrammasini bi-rinchi marta 1904-yili fransuz fizigi J. Molye taklif etgan va uni to 20*105Pa bosimli bug' uchun qurgan. Unga qadar, iS diagramma o'rniga suv bug'iga uzatilgan yoki undan chiqarilgan issiqlik miqdori TS diagrammasidagi egri chiziq ostida joylashgan yuzani hisoblash yo'li bilan aniqlangan. Hisoblashlarni almashtirish va ishni osonlashtirish maqsadida TS diagramma o'rniga iS diagramma quriladi, ya'ni diagrammadagi temperatura o'rniga entalpiya qiymatlari qo'yiladi. Shunda iS diagrammada S=const bo'lgandagi ish va P=const bo'lgandagi issiqlik miqdori yuzalar bilan emas, chiziq kesmalari yordamida hisoblab topiladi. Natijada bug' jarayonlari va sikllaridagi issiqlik harakatini tekshirish usuli soddalashadi.
Ma'lumki, T=273,16 K da entalpiya va entropiya, shartli ravishda, nolga tenglashtiriladi. Shuning uchun izobaralar iS diagrammasining boshidan boshlanadi.
Bug' bilan ishlaydigan zamonaviy qurilmalarda odatda, namligi kichik bo'lgan (07—0,75) bug' ish moddasi sifatida qo'llaniladi. Ayrim holatlarda iS diagrammada V=const, P=const, T=const va x=const egri chiziqlari chiziladi. Izoxora (V= const) chizig'i izobara (P=const)ga nisbatan tikroq bo'ladi. x=const chizig'i x=1 chizig'idan quyida joylashadi. iS diagrammaning ish sohasi deyilganda kjritik nuqtasidan o'ng tomonda joylashgan yuqori chegaraviy egri chiziqning yuqori qismi tushuniladi. Bunda chegara egri chiziqdan quyi tomoni e'tiborga olinmaydi va zarur bo'lganida chegara egri chiziqning yuqori qismi kattalashtirib chiziladi.
Issiqlik kuch qurilmalari
Energetikaning birlamchi boyliklari tabiiy va surfiy yoqilg'ilar, suv, shamol va boshqalardan foydalanib mexanik energiya hosil qila oladigan dvigatellar va yordamchi uskunalar majmuasi kuch qurilmalari deyiladi. Foydalaniladigan energiya turiga ko'ra issiqlik, gidravlik, gidrodinamik, atom va sh.k. kuch qurilmalari bo'ladi. Issiqlik kuch qurilmalari maxsus energetik inshoot bo'lib, u qozon qurilmasi (yoki atom reaktori), nasoslar, kondensatorlar, bug' (yoki gaz) turbinalari, elektr generatorlari, quvurlar va shunga o'xshash asosiy uskunalardan tashkil topgan. Bug' kuch qurilmalari bug' va gaz turbinalari, reaktiv dvigatellar va boshqa katta quwatli issiqlik mashinalaridan tashkil topadi. Issiqlik mashinasi issiqlik energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beruvchi qurilma bo'lib, uning ish sikli ketma-ket sodir bo'ladigan termodinamik jarayonlardan iborat. Eng awalo bu siklga issiqlik kiritiladi, uning ma'lum miqdori foydali ishga sarflanadi, so'ng qoldiq issiqlik miqdori sovitkichga chiqariladi. Siklga kiritilgan issiqlik miqdori ql albatta chiqarilgan issiqlik q2 dan katta bo'lgandagina ma'lum miqdordagi foydali ish bajarilishi mumkin.
Bug' mashinasi, bug' turbinasi, IYDlar issiqlik dvigatellari hisoblanadi. Raketa dvigatellari ham IYD lari hisoblanadi.Raketa dvigatellariga kimyoviy raketa dvigateli (KRD), yadro raketa dvigateli (YARD), elektrodinamik raketa dvigateli (ERD), suyuq yoqilg'ili raketa dvigateli (SYRD), qattiq yonilg'ili raketa dvigatellari (QYRD) kiradi.
Eng birinchilardan bo'lib Jeyms Uatt 1784-yili suv bug'idan foydalanib ishga yaroqli bug' mashinasini yaratdi va unga patent oldi. J. Uatt mashinasi yuz yilcha dastgohlarni, parovozlarni, kemalarni harakatlantirishda asosiy kuch manbayi bo'lib kelgan bo'lsa, bugungi kunda ham issiqlik mashinalarida ekologik jihatdan toza hisoblangan suv va uning bug'i keng qo'llaniladi. Shuning uchun suv bug'i bilan ishlaydigan ayrim kuch qurilmalari sikllarini to'laroq o'rganish maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 40,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin